Dumg‘aza sohasidagi kasallik

Assalomu alaykum! Menda dumg‘aza sohasida bir kasallik chiqgan. O‘sha erdan har doim yiring chiqib turadi. Doktor operatsiya qilish kerak deyapti. Ammo o‘qishim borligi sababli doktor bilan yozda operatsiya qilishga kelishdik. Alhamdulillah besh mahal namoz o‘qiyman. Ammo namozni boshlaganimga ko‘p bo‘lmadi. Uydagilarim o‘sha kasallik namozim sababli kelib chiqqan deyishyapti. Kuniga besh marta oyog‘ingni yuvasan, bu qishda, sovuqda oyog‘ing nam tortadi. Kasaling battar bo‘ladi deb namoz o‘qishimni davolangunimcha to‘xtatishni talab qilishyapti. Men esa namozni to‘xtatishni istamayman. Agar oyog‘imni yuvmay desam, unda tahoratim to‘liq bo‘lmaydi. Chunki tahoratda oyoqni yuvish kerak. Shunga nima qilishni bilmayman. Maslahat beringlar. Namozimni davolanguncha to‘xtatib turaymi yoki oyog‘imni yuvmasdan tahorat olsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunda paypoqqa o‘xshash javroblar chiqqan. Tahorat olib mahsini kiyguningizcha yaraga leykoplastыr yopishtirib olsangiz har namozga o‘sha mahsiga mash tortaverasiz. Sovuq suvda va avratlarni yuvish shart emas. Yuz qo‘lni bir martadan yuvsangiz ham tahoratning farzi ado bo‘ladi. Ota-onangiz sabab qilolmaydigan darajada ish tuting. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 14:04 | Savol-javoblar | 160 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar