Balog‘atga etmagan farzandlar kiyimini sotish
Assalomu alaykum! 1-1,5 yoshgacha kiyiladigan qishki qalin kiyimni farzandim uchun qaynona va qaynotam sovg‘a qilishgan edi. 2 ta farzandim kiygan bu kiyimni. Hozirda ular balog‘atga etishmagan. Kiyim engidey turibti. Ayolim eski kiyimlarga qo‘shib ularni ham uyimizga kelgan eski tuski sotib oladigan ayollarga sotib yubordi. Ayolimga “Men faqat o‘zimni kiyimimga roziman qolgani meni mulkimmas, sotmoqchi bo‘lsang o‘zin bilasan, sotmaganing yaxshi” dedim. Shundayam arzimagan pulga sotdi. Endi ikkilanyapti bu pul halolmikin deb. Aslida pulga muhtojlikdan emas, kiyim joyni egallab yotganidan sotib yuborildi. 1) Bu pul ayolimga halolmi? 2) Farzand uchun biror narsa olib berilsa bu uning mulkiga aylanadimi? 3) Agar mulkiga aylansa, balog‘atga etmagan farzandning mulkini sotib, ota-ona o‘zining ehtiyojlariga ishlatsa bo‘ladimi? 4) Agar o‘zimizning ehtiyojlarimizga ishlatish mumkin bo‘lmasa, farzandimni o‘ziga ishlatsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha pulni bolalaringizga sarflang. Yosh bolalarning mulki ularga keraksiz bo‘lib qolgan o‘rinlarda boshqasiga almashtirish, sotib pulini bolalarning o‘zlariga sarflash mumkin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:51 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom