Ramazon oyida o‘zini o‘ldirish
Assalomu alaykum! Bizda bir voqea sodir bo‘ldi. Bir inson Ramazon oyida o‘zini osib o‘ldirdi. Inson o‘zini o‘ldirsa u albatta jahannamga tushadi. Ramazon oyida jahannam eshigi yopiladi, jannat eshigi ochiladi va hech kim jahannamga tushmaydi deyilgan. Ramazon oyida o‘zini o‘ldirsa jahannamga tushadimi yoki jannatga?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ramazon oyida vaqtincha berkiladi. Ramazonning hurmatidan azoblari kechiktiriladi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَتَاكُمْ رَمَضَانُ شَهْرٌ مُبَارَكٌ فَرَضَ اللهُ عَزَّ وَجَلَّ عَلَيْكُمْ صِيَامَهُ تُفَتَّحُ فِيهِ أَبْوَابُ السَّمَاءِ وَتُغَلَّقُ فِيهِ أَبْوَابُ الْجَحِيمِ وَتُغَلُّ فِيهِ مَرَدَةُ الشَّيَاطِينِ للهِ فِيهِ لَيْلَةٌ خَيْرٌ مِنْ أَلْفِ شَهْرٍ مَنْ حُرِمَ خَيْرَهَا فَقَدْ حُرِمَ. رَوَاهُ النَّسَائِيُّ وَالْبَيْهَقِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Sizga muborak Ramazon oyi keldi. Alloh azza va jalla sizga uning ro‘zasini tutmoqni farz qildi. Unda osmonlarning eshiklari ochilur. Unda jahannamning eshiklari yopilur. Unda o‘zboshimcha shaytonlar kishanlanur. Unda Allohning bir kechasi bo‘lib, u ming kechadan yaxshidir. Kim u kechaning yaxshiligidan mahrum bo‘lsa, batahqiq, mahrum bo‘libdi», dedilar».
Nasaiy va Bayhaqiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:
1. Ramazon oyi muborak oy ekanligi.
Boshqa oylarning birortasi bu sifat ila vasf qilinmagan. Ramazon oyi yilning o‘n ikki oyi ichida eng afzali, eng barakalisi, eng ulug‘idir. U o‘n ikki oyning sultonidir.
2. Alloh taolo musulmonlarga Ramazon oyi ro‘zasini farz qilgani.
Ushbu hadisni bu bobda keltirishdan maqsad ham mana shu hukmni, ya’ni, Ramazon oyining ro‘zasini tutmoqlik har bir bandaga Alloh tomonidan joriy etilgan farz ekanligini ma’lum qilmoqdir.
3. «Unda osmonlarning eshiklari ochilur».
O‘sha eshiklardan Allohning rahmati, xayr-baraka yog‘ilur. Rahmat farishtalari tushur. Bandalarning tutgan ro‘zalari, qilgan yaxshi amallarining savoblari chandon-chandon ko‘payib osmonga ko‘tarilur.
4. «Unda jahannamning eshiklari yopilur».
O‘sha muborak oyning hurmatidan jahannam eshiklari yopilib, unga kirish vaqtincha kechga surilur. Kishilarga Allohning rahmati bo‘lib, ularga yaxshi imkonlar yaratilib berilur. Ro‘za tutib, ibodat qilgan kishilar jahannamdan qutulur.
5. «Unda o‘zboshimcha shaytonlar kishanlanur».
Ramazon oyi sharafidan o‘zboshimcha shaytonlar kishanlanib, ro‘za tutgan mo‘minlarni vasvasa va ig‘vo qila olmay qolishadi. Ro‘zadorlar bemalol xayrli ishlari va ibodatlarini qiladilar.
6. «Unda Allohning bir kechasi bo‘lib, u ming kechadan yaxshidir».
Bu kecha Qadr kechasidir. Undagi ibodat - yaxshiliklarga beriladigan savob va xayr-barakalar shu darajada ko‘pdir. Kim o‘sha muborak kechani uyqu bilan, behuda o‘tkazsa, barcha yaxshiliklardan mahrum bo‘libdi.
Bu hadisi sharifga hayotimizda amal qilishga boshlashimiz, muborak Ramazon oyidan to‘la foydalanishga o‘rganishimiz lozim. Ramazoni sharif kunlarini ro‘zador, tunlarini bedor bo‘lib, ibodat ila o‘tkazishimiz kerak. Qadr kechasi ham behuda o‘tmasligi lozim.
O‘zining joniga qasd qilishdan dinimizda qattiq qaytarilgan. Hadislarda quyidagicha keladi: عَنْ ثَابِتِ بْنِ الضَّحَّاكِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ حَلَفَ بِغَيْرِ مِلَّةِ الْإِسْلَامِ فَهُوَ كَمَا قَالَ، وَمَنْ قَتَلَ نَفْسَهُ بِشَيْءٍ عُذِّبَ بِهِ فِي نَارِ جَهَنَّمَ، وَلَعْنُ الْمُؤْمِنِ كَقَتْلِهِ، وَمَنْ رَمَى مُؤْمِنًا بِكُفْرٍ فَهُوَ كَقَتْلِهِ. رَوَى هَذِهِ الثَّلَاثَةَ الْأُصُولُ الْخَمْسَةُ Sobit ibn Zahhok roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim Islom millatidan boshqa narsa bilan qasam ichsa, u o‘zi aytganidekdir. Kim bir narsa bilan o‘zini o‘zi o‘ldirsa, o‘sha narsa bilan jahannam olovida azoblanadi. Mo‘minni la’natlash uni qatl etish kabidir. Kim mo‘minni kofirga chiqarsa, bu uni qatl etish kabidir», dedilar».
Ushbu uch hadisni beshovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining ushbu hadisi shariflarida to‘rtta muhim va har bir mo‘min-musulmon juda ehtiyot bo‘lishi lozim bo‘lgan masalani zikr qilmoqdalar:
1. «Kim Islom millatidan boshqa narsa bilan qasam ichsa, u o‘zi aytganidekdir».
Boshqa rivoyatlarda bayon qilinishicha, kim «Agar falon ishni qilsam, yahudiy bo‘lay», desa, yahudiy bo‘ladi. Yoki «Agar falon ishni qilmasam, nasroniy bo‘lay», desa, nasroniy bo‘ladi. Mazkur munkar ishni qilgan odamning bu tasarrufi kufrdan iboratdir. Shuning uchun ham hech bir musulmon banda yuqoridagiga o‘xshash gaplarni zinhor va zinhor tilga olmasligi kerak.
2. «Kim bir narsa bilan o‘zini o‘zi o‘ldirsa, o‘sha narsa bilan jahannam olovida azoblanadi».
Bu masalaga tegishli hukmlarni «Haddlar kitobi»da mufassal o‘rganib chiqamiz. Kim o‘z joniga qasd qilsa, xuddi o‘zganing joniga qasd qilgandek, gunohkor bo‘ladi. Chunki unga jonni Alloh taolo bergan, shuning uchun ham jon bandaning emas, Alloh taoloning mulki hisoblanadi. O‘zini o‘zi o‘ldirgan odam Alloh taoloning irodasiga qarshi chiqqan nobakor sifatida oxiratda qattiq azoblarga giriftor bo‘ladi. Jumladan, u o‘zini bu dunyoda nima bilan, qanday qilib o‘ldirgan bo‘lsa, jahannamda ham o‘zini xuddi o‘sha narsa bilan, xuddi o‘shandoq qilib, qayta-qayta o‘ldirib turadi.
3. «Mo‘minni la’natlash uni qatl etish kabidir».
Zotan, «la’nat» so‘zining lug‘aviy ma’nosi «Allohning rahmatidan uzoq bo‘lish»dir. Demak, kim birovga la’nat aytsa, uning Alloh taoloning rahmatidan uzoq bo‘lishini tilagan bo‘ladi. Mo‘minlik esa Alloh taolodan bandaga berilgan eng ulug‘ ne’mat va rahmatdir. Shunga binoan, kim mo‘min insonni la’natlagan bo‘lsa, uning Alloh taoloning rahmatidan uzoq bo‘lishini, iymonidan ajrashini tilagan bo‘ladi. Bu esa mo‘minni qatl etgandan battardir.
4. «Kim mo‘minni kofirga chiqarsa, bu uni qatl etish kabidir».
Kofirlik har bir mo‘min odam uchun dunyodagi eng katta badbaxtlikdir. Iymon halovatini tatib ko‘rgan inson uchun kofirlikka qaytish o‘limdan ham og‘ir musiybatdir. Shuning uchun ham mo‘min insonni kofirga chiqargan, «Falonchi kofir», «Pistonchi kufrga ketdi», kabi gaplarni aytgan odam xuddi o‘sha mo‘minni o‘ldirgan kabi ish qilgan bo‘ladi. Chunki avval aytib o‘tganimizdek, kofirlik mo‘min kishi uchun o‘limdan battardir.
Lekin, ming afsuslar bo‘lsinkim, ichimizda dardi-hasrati, qiladigan mashg‘uloti mo‘min-musulmonlarni kofirga chiqarish bo‘lib qolganlarimiz ham bor. Ular o‘zlariga odamlarning kofir-mo‘minligini ajratuvchi taftishchi sifatini berib olganlar. Dindorlik g‘ururiga ketgan mazkur kimsalar bo‘lgan-bo‘lmagan narsaga «Falonchi kofir», «Pistonchi mushrik», «Pismadonchi munofiq» deb, fatvo chiqarish bilan ovoralar.
Ana shu kishilar mo‘min-musulmonlar orasida turli gaplar chiqishiga, har xil fitna-fasod qo‘zg‘alishiga, oraga sovuqchilik tushishiga va boshqa ko‘pgina muammolarga sabab bo‘ladilar.
Ana shunday «fatvochi» birodarlar o‘zlarining bu qilayotgan ishlari dinimiz ta’limotlariga mutlaqo zid ekanligini tushunib etmoqlari va mazkur qabih odatlarini tashlamoqlari lozim. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
11 May 2022, 20:24 | Savol-javoblar | 187 | Turli savollar