Qo‘lni quloq barobarida ko‘tarish
Assalomu alaykum! Namozda iftitox takbirida qo‘llar quloqning yumshog‘iga tekkiziladi deb bir nechta kitoblarida o‘qiganman. Yaqinda juma mavizasida imom bir xadis aytdi, menimcha u xadisni muftiyning tezisidan o‘qib berdi. Xadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘llarini quloqlari barobariga ko‘tarardilar deb aytilgandi. Agar payg‘ambarimiz alayxissalom faqat quloqlari barobarida ko‘targan bo‘lsalar, qo‘lni yumshog‘iga tekkazish qaerdan chiqqan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Omma xalqqa qulog‘iga tekazasan desa quloq barobarida ko‘tarish degan narsani osonroq tushinishgan. Shundan kitoblarga kiritilgan. Quyida "Ixtiloflar sabablar echimlar" kitobidan iqtibos:Misol uchun, «Al Bahrur-roiq sharhi kanzud-daqoiq» kitobida quyidagilar aytiladi:وَالْمُرَادُ بِالْمُحَاذَاةِ، أَنْ يَمَسَّ بِإِبْهَامَيْهِ شَحْمَتَيْ أُذُنَيْهِ، لِيَتَيَقَّنَ بِمُحَاذَاةِ يَدَيْهِ بِأُذُنَيْهِ، كَمَا ذَكَرَهُ فِي النِّقَايَةِ «Tenglashtirishdan murod ikki bosh barmoqlarni ikki quloqning yumshoq joyiga tekkizishdir. «Niqoya»da zikr qilinganidek, ikki qo‘lning ikki quloqqa tenglashganiga ishonch hosil qilish uchun».
Bu haqda «Durrul Muxtor»da quyidagilar aytiladi:مَاسًا بِإِبْهَامَيْهِ شَحْمَتَيْ أُذُنَيْهِ، هُوَ الْمُرَادُ بِالْمُحَاذَاةِ، لِأَنَّهَا لَا تُتَيَقَّنُ إِلَّا بِذَلِكَ «Ikki bosh barmog‘ini ikki qulog‘ining yumshoq joyiga tekkizgan holida. Zotan, tenglashtirishdan murod shudir. Chunki busiz tenglashganiga ishonch hosil bo‘lmaydi».
Bu gap hanafiylarning kitoblarida yo‘q, degan gap mutlaqo to‘g‘ri emas. Qo‘lning bosh barmoqlarini quloqlarning yumshoq joyiga tekkizish masalasi «Raddul Muhtor», «Al-Lubob fiy sharhil kitob», «Fatavoi Qozixon», Ali Qoriyning «Sharhul Viqoya», «Majma’ul anhur» va yana ba’zi kitoblarda bayon qilingan.
Shunday ekan, «Hatto hanafiy ulamolarning fihqiy kitoblarida ham qo‘lni quloq yumshog‘iga tekkizish kerakligi haqida so‘z ketmagan» degan gap qaerdan olingan va nima uchun aytilgan? Bu haqdagi gap bemazhablar tomonidan havodan olingan. Hanafiy mazhabidagi kitoblarni bilamiz, deyish uchun olingan. Ammo hanafiy mazhabida nima gap bor-u, nima gap yo‘qligini biladigan ulardan boshqa kishilar ham borligini xayollariga keltirmaganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadisni amal qilishga va aniqlikka moyil qilib tushungan ulamolarning gapi xato bo‘ladimi? Undan keyin, takbiri tahrimada bosh barmoqlarini quloqlarning yumshoq joyiga tekkizganlarning namozi qabul bo‘lmay qoladimi? Agar shunday bo‘lsa, shu vaqtgacha shu tarzda namoz o‘qib kelganlarning holi nima bo‘ladi? Bu ixtilofni yuzaga keltirgan bemazhablarning asosiy «mazhabi» yuqoridagi kabi savollar qo‘zg‘ab, namozxonlar orasida ixtilof va janjallar chiqarishdir.
Eng muhimi, ushbuni namozga oid xato deb jar solishdan kimga foyda bor? Qanday foyda bor? Vallohu a’lam!
3 May 2022, 12:30 | Savol-javoblar | 150 | Namoz