Savdoda olgan narhini aytib sotish ?
Assalomu alaykum! 1) Savdoda olgan tovarini narxini aytib sotsa bo‘lmaydi deyishadi. Bunga shari’atda nima deyilgan? 2) Sotuvchi olgan tovarini “falonchaga olganman” deb aytib sotsa bo‘ladimi ( albatta rost so‘zlab )? Javobingiz uchun rahmat. ALLOH sizlardan rozi bo‘lsin !
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘zi aslida joiz. Yolg‘on aralashgani uchun ulamolar aytmay qo‘yishni afzal deb bilganlar. Chunki olgani, kelib tushgani va har biriga sochib yuborgani odatda to‘g‘ri tushmay yolg‘on bo‘lib qoladi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «ثَلَاثَةٌ لَا يُكَلِّمُهُمُ اللهُ، وَلَا يَنْظُرُ إِلَيْهِمْ وَلَا يُزَكِّيهِمْ، وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ: رَجُلٌ عَلَى فَضْلِ مَاءٍ بِطَرِيقٍ يَمْنَعُ مِنْهُ ابْنَ السَّبِيلِ، وَرَجُلٌ بَايَعَ رَجُلًا لَا يُبَايِعُهُ إِلَّا لِلدُّنْيَا، فَإِنْ أَعْطَاهُ مَا يُرِيدُ وَفَى لَهُ، وَإِلَّا لَمْ يَفِ لَهُ، وَرَجُلٌ سَاوَمَ رَجُلًا بِسِلْعَةٍ بَعْدَ الْعَصْرِ، فَحَلَفَ بِاللهِ لَقَدْ أُعْطِيَ بِهِ كَذَا وَكَذَا، فَأَخَذَهَا Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Uch kishi borki, Alloh ularga gapirmaydi ham, nazar ham solmaydi, ularni poklamaydi ham. Ularga alamli azob bor: yo‘lda ortiqcha suvi bo‘la turib, uni yo‘qsil yo‘lchiga bermagan kishi; birovga faqat mol-dunyo uchun bay’at qilib, agar istagan narsasini bersa, vafo qilgan, aks holda unga vafo qilmagan kishi; yana shunday kishiki, u birov bilan asrdan keyin bir tijorat molini savdolashib, unga falon baho berilganini aytib, Allohning nomiga qasam ichadi, natijada (xaridor) o‘shani oladi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ أَبِي أَوْفَى رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ رَجُلًا أَقَامَ سِلْعَةً وَهُوَ فِي السُّوقِ فَحَلَفَ بِاللهِ لَقَدْ أَعْطَى بِهَا مَا لَمْ يُعْطَ لِيُوقِعَ فِيهَا رَجُلًا مِنَ الْمُسْلِمِينَ فَنَزَلَتْ - إِنَّ الَّذِينَ يَشْتَرُونَ بِعَهْدِ اللّهِ وَأَيْمَانِهِمْ ثَمَنًا قَلِيلاً - الْآيَةَ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ Abdulloh ibn Abu Avfo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir kishi bozorda turib, bir molni savdoga qo‘ydi va musulmonlardan bir odamni qiziqtirish uchun u(mol)ga o‘ziga berilayotgandan ko‘p berganini aytib, Allohning nomi ila qasam ichdi. Shunda:
«Albatta, Allohning ahdini va qasamlarini arzon bahoga sotadiganlar...» oyati nozil bo‘ldi».
Buxoriy rivoyat qilgan.
Sharh: Oyatning davomida:
«Ana o‘shalarga oxiratda nasiba yo‘qdir. Qiyomat kuni Alloh ularga gapirmac, nazar solmas va ularni poklamas. Va ularga alamli azob bordir» («Oli Imron» surasi, 77-oyat), deyilgan.
Demak, odamlarni qiziqtirib, molini o‘tkazish uchun «Bu mol menga o‘zi bunchaga tushgan», deb yolg‘on aytib, qasam ichish oxiratda yomon oqibatlarga olib kelar ekan. Shuning uchun bu narsadan hushyor bo‘lish kerak. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:59 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar