Juma namozidagi saf
Assalomu alaykum! Hurmatli uztozlar, ma’lumki juma namozi farziga azon chaqirilganidan keyin imomlar saflarni to‘ldiringlar, oralarda bo‘sh joylar qolmasin deb aytishadi. Shu holatda odamlar turganida oralarida bo‘sh joylar paydo bo‘ladi. Ba’zida bo‘sh joylar 5-6 safdan ham ko‘proq saflarda ochilib qoladi va hamma o‘zidan oldindigi safni to‘ldirgani o‘tadi, lekin oldilaridagi safda ham bo‘sh joy bo‘lganligi sababli yana oldinga o‘tishadi. Men bir manba’da shu holatda faqat bir saf miqdorida o‘tishga ruxsat etilgan, undan ko‘pi makruh deb o‘qidim. Shu ma’lumot to‘g‘rimi? O‘zi aslida joy bo‘shaganda chap tomondagi odamlar o‘ng tomonga surilishlari kerak emasmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Orqadagisi o‘tib olaveradi. Siz o‘qigan gapni aytgan olimlar ham bo‘lishgan. Ba’zilar uch safgacha yurish joiz deganlar. Hozirda masjidlar qavmi avvalgi zamondagi kishilar kabi avvalgi saflarga o‘zini urib savobidan bahramand bo‘lishga shoshiladiganlardan emas. Shuning uchun imom takbirni boshlashi bilan qavm turib, takbir tugaguncha saflarni to‘ldirib bo‘lgan bo‘lishlari kerak. “Hayya alassolah”da turadi deb keltirilgan iboralar ularga tegishli edi. Vallohu a’lam!
24 Aprel 2022, 15:12 | Savol-javoblar | 172 | Ibodatlar