Idda va taloq
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, idda saqlamay turmushga chiqsa nima bo‘ladi? Bu gunohmi? Keyin tug‘ilgan farzandlarga buning ta’siri bo‘lmaydimi? 2). Taloq so‘zining o‘rniga boshqa musol uchun endi bo‘shsan, endi boshing ochiq yoki javobingni berdim kabi so‘zlar ham taloq o‘rniga o‘tadimi? Buni 1 martta aytsa bo‘ldimi? Iltimos savolimni kanalga qo‘ysangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Idda saqlamaslik o‘ta og‘ir gunoh. Chunki idda o‘tirishni Alloh taolo Qur’oni karimda vojib qilgan. Idda ichida qilingan nikoh bog‘lanmaydi. O‘sha nikohdan tug‘ilgan farzand go‘yoki benikoh tug‘ilgan hisoblanadi. Mabodo iddi ichida nikoh qilingan bo‘lsa, iddasi chiqqandan so‘ng boshqa nikoh qilish shart.
2). Taloq o‘rniga o‘tadi.
3). Necha bor aytilgani va qanday holatlarda aytilganiga bog‘liq. Bir bor aytilsa bitta ikki bor aytilsa ikkita, uch bor aytilsa uch taloq tushadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:58 | Savol-javoblar | 160 | Administrator