Xajga teng amallar
Assalomu alaykum! Manashu hadislar sahihmi? Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim bomdod namozini jamoat bilan o‘qisa, keyin to quyosh chiqqunicha Allohni zikr qilib o‘tirsa, so‘ng ikki rakat namoz o‘qisa, haj va umra qilgandek to‘liq, to‘liq, to‘liq (savobga ega) bo‘ladi". (Imom Termiziy rivoyati). 2.Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim jamoat bo‘lib o‘qiladigan farz namoziga yurib borsa, xuddi haj qilgandek (savobga ega) bo‘ladi. Kim nafl namoziga yurib borsa, xuddi umra qilgandek (savobga ega) bo‘ladi". (Tabaroniy rivoyati) 3.Ramazonda umra qilish. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ramazonda umra qilish hajga yoki men bilan birga haj qilishga tengdir". (Buxoriy va Muslim rivoyati). Oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ha. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:32 | Savol-javoblar | 173 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ha. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:32 | Savol-javoblar | 173 | Ibodatlar