Er nomidan zakot

Assalomu alaykum! Erimning chet el valyutasidagi va milliy valyutadagi yig‘ib qo‘ygan pullari, mulk bo‘lib tursin deb olib qo‘ygan tillalari, mashina va uylari bor. Mashina va uydan ham tashqari hisoblaganimda 17 mlndan oshar ekan. Lekin erim zakot bermoqchi emas. Ularning nomlaridan, o‘zlariga bildirmay pullaridan olib zakot berib yuborsam bo‘ladimi? Gunohga qolmaymanmi? Nisobga etib turib, zakot bermaganning gunohidan qo‘rqaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Pulni band qilib qo‘yish uchun olingan hamma narsadan zakot berish kerak. Bu ham namozga o‘xshagan ibodat bo‘lib, zakot beruvchini o‘zi niyat qilgan bo‘lishi shart. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 01:28 | Savol-javoblar | 163 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar