Ikkinchi xotinni xaqqi
Assalomu alaykum! Xo‘jayinim mani ikkinchi xotin qilib olganlariga 11yil bo‘ldi. Lekin 11yildan beri na uy-joy na ro‘zg‘or qibermidila, ota uyimda yashab keldim shuncha yillar davomida. Mani bunaqa qiynamen jovobimi berin desam javobini o‘lganinda qabrinda berib ketaman didila. Unda uy-joy ro‘zg‘or qilib maniyam odamdek yashatin disam yo‘q oilam sandan oldin bor bo‘gan birinchi navbata ula didila, bollarimi xaqqini sanga bermiman san navbatini kut diydila. Islomda xotinla navbatini yillab kutib keyin uy-joy rozg‘or qilinishi keremi? Asl qoida qanaqa ko‘p xotin olinishida? Bir ayolni umri uvol ketmidimi bunaqada na qo‘yvormasa na qaramasa? Birinchi oila digani tugiydigan narsamasku ikkinchi oila kutib umri o‘tsa? Erimi topkani bollarini xaqqi bo‘lsa man 11yildan beri ota uyimda yashivursam, unda mani xaqqim kimda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga ham alohida uy qilib berish, nafaqa bilan ta’minlash eringizni zimmasiga vojib, farzand ko‘rish sizni haqqingiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:41 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush