O‘tganlar haqida

Assalomu alaykum! 1. O‘tganlar haqida "ruhi shod bo‘lsin" yoki yashab o‘tgan oilasida biror urush janjal bo‘lsa "ruhi chirqiraydi yoki go‘rida tik turadi" degan gaplar bor. Bular qanchalik to‘g‘ri? O‘tganlar biz yashayotgan hayotni kuzata oladilarmi va yoki ruhlari bizdan ilhaq bb turadimi? Bunga biror bir hadis bo‘lsa keltirsangiz iltimos. 2. Tug‘iliboq 1-2 kun yashab vafot etgan chaqaloqlarning oxirati qanday bo‘ladi? "Ular ota onasiga shafoatchi bo‘lurlar"deyilgan ekan. Bunda nimani tushunishimiz mumkin? Javob uchun oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vafot qilganlar yaqinlarning ahvolidan xabardor qilinib boriladi. Chaqaloqlar ota-onasiga shafoat qilishi haqida hadislar ko‘p. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 144 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar