Bemorlikda tayammum

Assalomu alaykum! Dadam oyoqlaridan tomir oldirib yuraklariga qo‘yish jarrohligini boshidan kechirganlar, jarohat o‘rinlari bitgan lekin ozgina sovuqda ham og‘riq sodir bo‘lib bezovta qilib qolishi mumkin. Alhamdulillah hozir namozlarni ado qilyaptilar lekin oyoqlarini ko‘p yuvsa ba’zida og‘riq bo‘lib qolyapti, shuning uchun tahorat olayatganilarida qolgan a’zolarini to‘liq yuvib, oyoqlarni yuvish o‘rniga masx tortishsa yoki tayammum qilib olishsa bo‘ladimi?  
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Iliq yoki issiq suv bilan ertalab, bamdodga tahorat olib mahsi kiyib olsalar keyingi namozlarda mahsiga mash tortib o‘qiyveradilar. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 12:35 | Savol-javoblar | 153 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar