Quroni Karimni tilovat qilish ilmini tark etish

Assalomu alaykum! Man 1-gurux nogironi 31-yoshdaman, 5-vaqt namoz o‘qiyman, yaqinda Quroni Karimni tilovat qilish ilmini o‘rganishni boshladim, ammo oxirigacha etkaza olmadim kasalligim sabab, mani kasalligim barcha badandagi paylar va mushaklar kichrayadigan kasallik, nafas olishim va ko‘z, til, qo‘l-oyoq barchasi tortilib ketgani sababli harakatlantirishda og‘riqlar ko‘payadi, tilim harflar maxrajiga etganda va gapirishga og‘riydi va nafas etmay qoladi. Shu sabab tilovat qilish ilmini oxirigacha etkaza olmadim. Shu masalada dinimiz talimotlari qanday? Shu ilmni tark qilganim uchun gunoxkor bo‘lamanmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tajvid ilmini o‘rganish farzi ayn, siz imkoningiz boricha harakat qilavering. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 02:34 | Savol-javoblar | 145 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar