Musofirda namoz qazo bo‘lmaydimi

Assalomu alaykum! Menga bir akamiz aytdi chet elda bo‘lsang bomdod namozini kunduzi o‘qisa bo‘ldi, qazo bo‘lmedi dedi. Agar chet elda bo‘lsang xech qaysi namozing qazo bo‘lmedi dedi. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buni nimasi to‘g‘ri? Shunaqa ham bema’ni gap bo‘ladimi? Akangiz o‘zicha fatvo berishdan Allohdan qo‘rqsin. عَنْ عُبَيْدِ الله بْنِ أَبِي جَعْفَرَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَجْرَؤُكُمْ عَلَى الْفُتْيَا أَجْرؤُكُمْ عَلىَ النَّارِ. رَوَاهُ الدَّارِمِيُّ Ubaydulloh ibn Abu Ja’fardan rivoyat qilinadi:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Fatvoga jur’atli bo‘lganingiz do‘zaxga jur’atli bo‘lganingizdir», dedilar».
Dorimiy rivoyat qilgan.
Kim do‘zaxga tushishdan qo‘rqmasa, parvo qilmasdan to‘g‘ri kelgan fatvoni aytaveradi.
Ushbu ta’limotlar musulmonlarning avvalgi avlodlari tomonidan yaxshi o‘rganib chiqilgan, ularga amal qilingan va ular asosida maxsus qoidalar ishlab chiqilgan edi.
Abdurrohman ibn Abu Laylo bir masalani so‘rab bilib olish uchun bir yuz yigirmata sahobiyga murojat qilganini, ularning hammasi o‘zidan boshqadan so‘rashni tavsiya qilganlarini rivoyat qilgan.
O‘zidan ilmliroq kishining borligini bilgan olim ham o‘zi fatvo bermay mazkur bilmliroq kishidan so‘rashni maslahat berishi qoidaga kiritilgan.
Musulmonlar ushbu qoidaga qarshi chiqqanlarga nisbatan murosasiz kurash olib borganlar va shuning uchun ham, turli ixtiloflar hamda balo ofatlardan saqlanganlar.(“Din nasihatdir” kitobidan). Vallohu a’lam!

10 May 2022, 07:03 | Savol-javoblar | 144 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar