Qasamni majburan ichish

Assalomu alaykum Shayx Hazratlari meni ismim Elmurodjon men Rassiya shaxrida ishlayman savolim shuki majburan qasam ichish yani masalan: meni pasportimda Ukraina shaxariga chiqib kelganligim haqida soxta muxri bor. Bir kuni melitsiya xodimi toxtatdi bu men uchun odatiy holat 1 soat daqiqa soroq qildi yani sen ozing borib kelganmisan Ukrainaga deb sorayvardi men xa deb aldab turaverdim agar shunday qilmasam pul olar edi. Shu payt sherigi kirib qoldi u ham soradi ozing borganmisan deb men yana xa dedim kegin u aytiki agar Ollohni ortaga qoyib qasam ichsang qoyib yuboraman dedi men rozi boldim va men Elmurodjon Ollohga qasam ichamanki ozim borib kelganman dedim. Bu Ollohga shirk hisoblanadimi? Agar shirk bolsa qanday gunohimni yuvishim mumkin? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Olloh Taolo barchalarimizni oz panoxida asrsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu yolg‘on qasam deyiladi va og‘ir gunoh himoblanadi. Buning uchun tavba qilish, nadomat chekish va qayta qilmaslik kerak.

27 May 2022, 03:07 | Savol-javoblar | 155 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar