Namozlarimga otamning muomalasi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, meni ozroq betobligim(prostatit)ni hisobga olib otam menga masjidga chiqishga ruxsat bermay turibdilar. Avval dunyoviy ilmni olib, o‘qishga kirib olsang men qarshi emasman deyaptilar. Charchab qolyapsan, deb, meni ayaptilar. Yaxshi bo‘lib ketsam umuman qarshi qilmas ekanlar. Immunitetimni tushib ketishidan qo‘rqayaptilar. Chunki hali yoshman. 11-sinfga o‘taman, insha Alloh. Avvalo otamni hurmat qilaman. Sizlarga bu savol bilan yuzlanib, otam gaplarini ikki qilgan bo‘lib qolmaymanmi? Iltimos to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Prostotitni oldini olishga harakat qiling. Istonjo qilganda najosat chiqqan joyni o‘zini yuvib, yaxshilab quriting. Boshqa joylarni yuvishga hojat yo‘q. Masjidga chiqish immunitetni oshiradi. Jamoatga chiqish sunnati muakkada bo‘lib, otangizni bunga qarshilik qilishga haqqi yo‘q. Namozning sunnatlarini uyda o‘qisangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:46 | Savol-javoblar | 136 | Oila va turmush