Bankga qarz berish

Assalomu alaykum! Men Tadbirkorman. 2020-yil yakunida bank mendan omonatga pul qo‘yib turishimni iltimos qildi. Sababi bank kreditlarni berkitishga qiynalgan. Respublika plan qo‘ygan ekan. Shu sabab mendan qarz sifatida omonatga qo‘yishni so‘radi. Omonatga qo‘yilgan pul foiz tug‘adi meni foydam uchun. Lekin bank mendan pul so‘ragan zaxoti menga foizi kerak emas deb aytdim. Shu kunlarda omonatga qo‘ygan pulimi qaytarib olaman, lekin to‘plangan foiz puli xam olib exson qilsam yoki biror qiynalgan oilaga bersam bo‘ladimi? Yoki bankni o‘zida qoldirganim yaxshimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Olib savob umid qilmasdan biror qiynalgan oilaga yoki faqir-miskinlarga bering. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 02:56 | Savol-javoblar | 173 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar