O‘tganlarni gunohlariga kelajak javob berishi adolatdanmi?

Assalomu alaykum! Yaqinda bir ma’ruzada kuchli bir narsa eshittim, adashmasam yoki xadis yoki xadisi qudsiy edi. Bir inson munofiq bir yomon inson bo‘lsa, qanaqadir kotta gunoxlarni qilsa uning bu ishi nafaqat o‘zini bu dunyoda va oxiratda xor qiladi balki buni kasri etti avlodiga etarkan. Shunaqa gunox xaqida xadis bormi? Demak bo‘sa bu erda adolat qanaqa bo‘ladi? Shunaqa insonlarni bilaman bobosi rosa iflos yomon inson edi, otasi amakilari xam shuni kasrimi bilmiman aslo ko‘karishmadi, endi nevaralari shunaqa. Xech bir omadi kemidi, doim xorlik chakmonini kiyishgan, bo‘masa rosa xarakat qilishadi, namozxon nevarasiyam bor. Nega birov uchun birov xor bo‘lishga maxkum?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida keyingi avlod xor bo‘lishga mahkum emas. Afsuski ular ham o‘sha xorlikni tanlagan ota-bobosini yo‘lidan yurib, ularni bergan tarbiyasidan chiqib ketmaydilar. Juda ko‘pchiligini ko‘rganmiz chiqib ketishni xohlamaydilar. Ota-bobosi qilgan bema’ni ishlarni sharaf deb qiladilar. Aks holda otaning yomonligi tufayli farzand noqobil bo‘lmaydi. Alloh taolo bu narsani Ozordek buttaroshning o‘g‘li Ibrohim alayhissalomda namuni qilib ko‘rsatib qo‘ygan. Abu Jahldek islomning birinchi va ashaddiy dushmanining o‘g‘li Ikrima roziyallohu anhuda ko‘rsatib qo‘ygan. U sahobalar ham avvalida otasining yo‘lini tanlashdi, otasining yo‘lini faxr deb bilishdi, otasini qilgan ishlarini odamlar ichida obro‘ deb bilishdi va otasi bergan tarbiyadan kechisholmadi. U yo‘lni noto‘g‘riligini bilib undan vos kechishgach sahobiy bo‘lishdi. Qancha qancha fathlarga sababchi bo‘ldilar, natijada shahid degan buyuk maqomda vafot topdilar. Siz aytgan kishilar ham Iborhim alayhissalom, Ikrima roziyallohu anhu va boshqa solihlar yo‘llarini tutishsa, albatta sharafga erishishadi. Kuzatib qarangda, ular otalari fosiqlik bilan obro‘ topgan bo‘lsalar ham o‘sha obro‘ni o‘zlarida olib qolishga harkat qilishadi. Saodat yo‘liga yurishni past ketish, obro‘sini to‘kilib qolishi deb bilishadi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 02:56 | Savol-javoblar | 157 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar