Namoz o‘qishni boshlash to‘g‘risida
Assalomu alaykum! Namoz o‘qishni boshlovchilar uchun qanday engilliklar bor? Birdan besh vaqt namozni o‘qib boshlash kerakmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namoz arab tilida «salot» deyilib, lug‘atda «yaxshilikka duo» ma’nosini anglatadi. Shariatda esa: takbir ila boshlanib, salom berish ila tugaydigan, maxsus shartlari bor gaplar va ishlar namozdir. Namoz Isro kechasida, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hijratlaridan oldinroq farz bo‘lgan. عَنْ أَنَسٍ رضي الله عنه قَالَ: فُرِضَتْ عَلَى النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم لَيْلَةَ أُسْرِىَ بِهِ الصَّلَوَاتُ خَمْسِينَ، ثُمَّ نُقِصَتْ حَتَّى جُعِلَتْ خَمْسًا، ثُمَّ نُودِيَ: يَا مُحَمَدُ، إِنَّهُ لَا يُبَدَّلُ الْقَوْلُ لَدَيَّ، وَإِنَّ لَكَ بِهَذِهِ الْخَمْسِ خَمْسِينَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيُّ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Isro qildirilgan kechada ellik vaqt namoz farz qilindi. So‘ngra qisqartirilib, besh vaqtga keltirildi. Keyin esa:«Ey Muhammad, albatta, Mening huzurimda gap o‘zgartirilmas. Albatta, senga ushbu beshtada elliktaning (ajri) bor», deb nido qilindi». Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Besh vaqt namozning farzligi Qur’onda ham, Sunnatda ham, ijmo’da ham qayta-qayta ta’kidlangan. Alloh taolo Niso surasida: إِنَّ الصَّلاَةَ كَانَتْ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ كِتَابًا مَّوْقُوتًا «Albatta, namoz mo‘minlarga vaqti tayin farz bo‘lgandir», degan (103-oyat). Alloh taolo Bayyina surasida: وَمَا أُمِرُوا إِلَّا لِيَعْبُدُوا اللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ الدِّينَ حُنَفَاء وَيُقِيمُوا الصَّلَاةَ وَيُؤْتُوا الزَّكَاةَ وَذَلِكَ دِينُ الْقَيِّمَةِ
«Holbuki, ular faqat Allohga, dinni Unga xolis qilgan, boshqadan unga burilgan holda ibodat qilishga, namozni to‘kis ado etishga, zakot berishga buyurilgan edilar, xolos. Ana shu to‘g‘ri(millat)ning dinidir», degan (5-oyat). عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم: بُنِيَ الْإِسْلَامُ عَلَى خَمْسٍ: شَهَادَةِ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَأَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللهِ، وَإِقَامِ الصَّلَاةِ، وَإِيتَاءِ الزَّكَاةِ، وَالْحَجِّ، وَصَوْمِ رَمَضَانَ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Islom besh narsaga bino qilingan: «Laa ilaaha illallohu, Muhammadur-Rasululloh», deb shahodat keltirish, namozni to‘kis ado etish, zakot berish, haj qilish va Ramazon ro‘zasini tutish», dedilar».Buxoriy, Muslim, Termiziy va Nasoiy rivoyat qilishgan. Islom ummatining barchasi besh vaqt namoz farz ekaniga doimiy ravishda ijmo’ qilib kelgan. Namoz balog‘atga etgan har bir musulmon uchun farzi ayndir. Har kim o‘zi uchun namoz o‘qimog‘i farzdir. Kim namozni inkor qilsa, Islomdan chiqib, kofir bo‘ladi.("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:45 | Savol-javoblar | 193 | Ibodatlar