Do‘kondagi xolat

Assalomu alaykum! Men bir kichiqroq magazinda ishlayman. Yaqinda bir yigit kelib muzqaymoq sotib oldi. Ertasi kuni o‘sha yigit meni yonimga kelib “kecha sizlardan olgan muzqaymoqni yaroqlilik muddati o‘tib biroz aynibdi, bunday sotmang” dedi. Men unga “xo‘jaynimiz bizga olib kelib beradi, men faqat ularni sotaman” deb tushuntirdim. Lekin u aytdiki “siz xam gunoxkor bo‘lasiz boshqalarga sotsangiz” dedi. Men u yigitni o‘sha pulini o‘zimni shaxsiy pulimdan qaytarib berdim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yaroqsizligini bilib turib sotsangiz gunohiga sherik bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 03:18 | Savol-javoblar | 162 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar