YaNA TARIKAT VA BAY’AT MASALASIDA MUXIM SAVOL

ASSALOMU ALAYKUM VA RAXMATULLOXI VA BAROKATUXU!Muxtaram ustoz, fazilatli shayx xazratlari!Xabaringiz bor, men forumda sizga kup savollar ila murojaat kilib, yul-yurik surayman. Ishlarimda maslaxatlaringizga muxtojman doimo. Kupgina ixtiloflarga sabab bulgan vodiylik tarikat piri (Allox raxmat kilgan bulsin) vafotlaridan sung, tarikat tugrisidagi mish-mish va ixtiloflar sal tinganday buldi mening fikrimcha. Forumda 2009 yilning oxirlarida sizga aynan shu mavzuda murojaat kilgandim, va bu murojaatimda vafot etgan pirning Namanganlik ilmli xalifalari borligi, xatto oddiy kishilar orasida xam u zotning karomatlari tugrisida xikoyalar kilinganligini ta’kidlagan edim. U zotning ismlarini kursatmokchi emasman forumda, albatta uzingiz Namanganlik madrasada dars bergan nomi chikkan ulamolarni yaxshi taniysiz albatta, balki gap kim xakida ketayotganligini xam balkim bilarsiz. 2009 yilning 19 noyabrida "TARIKATLAR VA VIRDLAR" sarlafxasi ostida siz muxtaram ustozga kuyidagi savol bilan murojaat kilgandim:3-savol: Nomlari barcha axli ilmlarga tanish bulgan, uzlari ilgari madrasada dars bergan zot borlar. Imomlarimizning ustozi sifatida xam tanikli. Kupchilikka dars berganlar. U zotning takvolari, ibodatlari tugrisida xam ilmli shogirdlari (ya’ni imomlar) yaxshi gaplarni aytishadi. Karomatlari tugrisida xam ba’zida eshitib turamiz. Men uz ruxiy tarbiyamni u zotga topshirishni istayman, lekin bir masala meni bundan kaytarmokda. Bu xam bulsa «tarikatga kirib murid bulgan, shayxga kul bergan kishining kazo namozlari buynidan sokit bulishi» masalasidir. Bu masala ancha ixtiloflarga sabab buldi. Bu masalada siz tomoningizdan javoblar berildi, tushuntirildi. Meni kiynagan masala shuki, menga xam xuddi shunday fatvoni usha muxtaram zot bergan edilar. Men u kishi ilmli, madrasada dars bergan bulganliklari, shar’iy ilmlardan xabarlari borligi uchun u zotdan fatvo suraganman. U zot esa mendan tashkari 3 nafar muridni oldida «siz xazratimizga (ya’ni vodiylik pirga (Allox raxmat kilsin) bay’at kilgan bulsangiz ukimaysiz» deb fatvo chikarganlar. Mana shu fatvo u zotga shogird tushish istagimni orkaga surmokda. Gap u zot bergan fatvoning nixoyatda xatarli ekanligida. Alloxning farzini xech kim sokit kila olmaydi. Xox paygambar bulsin, xox valiy. Aybsiz odam yuk, albatta. Olim va ulamolar xam oddiy ojiz bandalar. Ustoz sizga maslaxat solmokchiman. Olim kishidan birgina aybi uchun undan ilm va tarbiya olish tuxtatiladimi? Yoki menga mazkur notugri fatvoni bergan ilmli insonni aybini berkitib, uzimni tarbiyamni u zotga topshirsam buladimi? (balki suxbat asnosida bu nokulayliklar bartaraf bulib, u zotning fikrlari uzgarar) Javob: (Noyabr 27, 2009, 03:43:34 )"Ko‘pchilik o‘sha vodiylik pir, Alloh rahmat qilsin, yuzlaridan o‘ta olmay shu gapni aytar edi. Ba’zi kishilar hozir o‘sha gapdan qaytganiga guvoh bo‘ldim. Siz mazkur zotdan yana bir bor so‘rang. Agar gapning to‘g‘risini aytsalar, o‘shanga qarab ish qilasiz."Muxtaram ustoz, mana shu maslaxatdan sung Namangan shaxriga karab yul oldim. Tushlik payti u zotning uylariga bordim. Dasturxon atrofida bir necha muridlar bilan birga tushlik kildik. Tushlikdan sung u zot janoza borligini aytib, urinlaridan kuzgaldilar. Ortlaridan chikib, xojatimni aytmokchi buldim. Oxiri aytdim: meni uz tarbiyangizga olsangiz, menga tarikat yulini urgatsangiz-dedim. Shunda u zot:- Iya, shunakami? Yuring unda dedilarda, yana kaytib uyga kirdik. Bu kishi istigforga utar ekanlar, dedilar uy ichidagi muridlarga. Utiring dedilarda, kulingizni bering deb "bay’at marosimi" boshlandi. Rosti men bunday tez suratda bulishini kutmagandim. U zot meni axvolim, ilmim, kasbim xakida va shunga uxshash ma’lumotlarni surasalar kerak, deb uylagandim. Urtada suxbatlashib, tarikat, tavba va takvo yullarini tushuntiradilar, men bilmaganimni u zotdan surab bulganimdan keyin bay’at kilaman, deb kasd kilib borgandim. Usha paytdagi meni axvolimni tasavvur kilib bulgan bulsangiz kerak. Bay’at jarayonida, Kur’ondan oyat ukidilar. Utgan kabira gunoxlarga tavba kildingizmi?-deb suradilar. XA!-dedim. Shunda u zot Allox tavba kilgan odamning gunoxlarini kechirishi, Uzi va banda urtasidagi gunoxlarni, ibodatlardagi nuksonlarni, kazolarni xam kechirishi aytdilar. "Bay’at marosimi" tugagach bu kishiga vazifalarni tushuntirib kuyinglar, dedilarda, uz yumushlari bilan junab ketdilar. Muridlar esa menga vazifalar yozilgan risolani tutkazishdi va tushuntira ketishdi, bu risola menga juda tanish edi. Avvalgi vodiylik pir xuzuriga borganimda xam xuddi usha vazifalar bor edi. Mazkur vazifalarning shariatga muvofikligi yoki muvofik emasligi tugrisida "TASAVVUFDAGI IXTILOFLI MASALALAR (KATTA MAVZU)" sarlavxasi ostida sizdan savol kilib suragan edim (Javob berilgan: Avgust 24, 2009, 07:40:24). Gap isbotli bulsin uchun mening savollarimga bergan javoblaringizni xam keltirib utishni joiz deb topdim: 5-savol: O‘zlarini tariqat piri deb atagan azizlarimiz murid bo‘lganlarga quyidagi vird va vazifalarni berishar ekan. Quyida havola etiladigan virdlarning tartibi ularning risolalaridan olingan. Ularning har birini bandma-band kitob va sunnatga muvofiq yoki muvofiq emasligini sharhlab, tushuntirib bersangiz. Nafl namozlardagi zam suralar, savobni pirlarga atash masalalarini tushuntirib bersangiz. Tariqatga qiziqqanlar haqiqiy sunnatga muvofiq virdlarni ajratib olishsin:1. Shukri vuzu – 2 rakat, har tahorat so‘ngidan. Birinchi rakatga Fotihadan so‘ng “Qadr” surasini 2 marta, ikkinchi rakatda Fotihadan so‘ng 1 marta o‘qiladi. Savobi islom podshohlari, ota-onalar va diniy birodarlarga.Javob - Har tahorat so‘ngida ikki rak’at namoz o‘qish fazli haqida hazrati Bilolning hadislari bor. Ammo zam suraga o‘qiladigan va savobini bag‘ishlash haqidagi gap bid’atdan boshqa narsa emas.Iqtibos2. Ishroq – 2 rakat, quyosh chiqqandan keyin. Har ikki rakatga Fotihadan so‘ng Oyatal kursiy va 5 marta Ixlos surasi. Savobi piron Naqshbandiyalarga bag‘ishlanadi.Javob - Ishroq namozi haqida hadislar bor. Ammo zam suraga o‘qiladigan va savobini bag‘ishlash haqidagi gap bid’atdan boshqa narsa emas.Iqtibos3. Shomdan keyin 2 rakat “Tuhfai rasul”. Har ikki rakatga Fotihadan so‘ng Oyatal kursiy va 3 marta Ixlos surasi. Savobi payg‘ambarimizga (s.a.v).Javob - Shom bilan Xufton orasidagi vaqt faziylatli ekani, unda ikki rak’atdan olti rak’atgacha nafl namoz yaxshi ekani va bu namoz “Avvabiyn” namozi deyilishi rivoyatlarda bor. Mazkur namozni “Tuhfai rasul” deyilishi va boshqa gaplar yo‘q. Iqtibos4. Tunda 2 rakat tahajjud. Har ikki rakatga Fotihadan so‘ng 3 marta Ixlos surasi. Savobi piron Naqshbandiyalarga bag‘ishlanadi.Javob - Tahajjud namozining ozi ikki, ko‘pi sakkiz rak’at bo‘ladi. Fotihadan keyin o‘qiladigan suralar va namozni bag‘ishlash kitoblarimizda zikr qilinmagan.Iqtibos5. Zikrlar: 100 marta Astag‘firulloh, Latoifi Hamsaga qarab, “Alloh” lafzi jalolasi 100 martadan aytiladi. Jami 500 marta. Savobi piron Naqshbandiyalarga bag‘ishlanadi. Javob - Bu narsalar mashoiyxlarning tajribasiga oid.Bay’at asnosida u zot bu bay’atingizni Baxovuddin Nakshband xazratlariga, Rasululloxga kilgan bay’at, u zotga kilingan bay’at esa Alloxga kilingan axd, deb tushunmogingiz lozim, deb kushib ketdilar. Oxiridagi duolarida esa kuyidagi jumlalarni aytganlarini uz gunoxkor kuloklarim bilan eshitdim: "Allox yor, pironlar madadkor bulsin!"Ustoz meni tarikatga kizikishimni bilasiz. Forumdagi birodarlarning xam xabarlari bor. Uzim kitoblardan urganib, xayotimga tadbik kilishim kiyin bulgani uchun, shoyadki piru komil bulmasa xam bir takvodor ustoz bulsa, bu yulda yurishim oson bular degan niyatda borgandim. Albatta borishdan maksadim Allox rizoligi yulida edi. U zotdan xam yaxshi gumon kilib borgandim. Taklid makomidan kechib, uzlari yul-yurik kursatsalar kerak, deb uylagandim. U kishini bizni tumanimiz imom domlalari juda yaxshi tanishadi. U zot ularning barchalarining ustozi bulganlar madrasada. Usha shogirdlaridan biri imom domladan xam u zotga bay’at kilsam buladimi?-deb maslaxat xam suraganimda, agar ijozat olgan bulsalar, uzlari rozi bulsalar buladi, deb javob berishgandi. Muxtaram ustoz men avxolimni sizga tushuntirdim. - U zotga kilgan bay’atim nima buladi? - Berilgan vazifalarni bajarish menga vojibmi?- Risoladagi berilgan vazifalarni bajarish (ayniksa nafl namozlaridagi zam suralar) bilan men bid’at amalni kilgan bulamanmi? - U zotning suxbatlariga borishni tark kilaymi yoki borishda zarar yukmi? Iltimos mendan eng yakin shogirdingizdek nasixat va maslaxatingizni darig tutmasangiz. Bajarishim kerak bulgan ishlarni menga tushuntirsangiz. Savolim oxirida sizga yana bir iltimosim, agar iloji bulsa siz bilan telefonda bulsa xam gaplashish imkonini tugdirsangiz. Sizni xuzuringizga borish men uchun xozircha imkoni yuk ishlardan bulib turibdi, ayrim sabablarga kura. Sizning mulokotingizga juda muxtojman. Albatta barcha ishlarni ilojini kilsa buladi. Siz bilan telefon orkali mulokot kilish xakida bir bora murojaat kilgan edim. Kitoblarni ukib turing, keyin gaplashamiz degandingiz. Telefondagi mulokot siz xoxlagandek sharoitda bulishini uz zimmamga olaman. Barcha odob va yul-yuriklarga amal kilaman. Sizdan amaliy kumak kutib koluvchi Chustlik goyibona shogirdingiz Umidjon Tursinov. ESLATMA!!! FORUMGA KIRADIGAN BIRODARLARIMIZDAN ILTIMOSIM ShUKI, MEN AYTGAN OLIM KIShIGA NISBATAN YaXShI GUMONDA BULIShLARINGNI SURAYMAN. U ZOT XAKLARIDA MISh-MISh TARKALIShINI ISTAMAYMAN. BU SAVOL-JAVOB FAKAT USTOZ ShAYX XAZRATLARI BILAN MENING URTAMDAGI MASALA XOLOS. AGAR JAVOB BERSALAR BOShKALAR BUNDAN FAKAT IJOBIY XULOSA ChIKARADILAR XOLOS. BU SAVOL-JAVOBLARDA ZINXOR BIROVNI AYBLASh, KAMSITISh KAYFIYaTI YUK. XAKNI YuZAGA ChIKARISh XOLOS MAKSADIMIZ. ZOTAN, AYBSIZ ODAMNING UZINI TOPISh KIYIN, ULAMOLARDAN XAM XATOLAR ZOXIR BULIShI TABIIY, ChUNKI ULAR XAM OJIZ BANDA. MEN FAKAT AMALLARIM KITOB VA SUNNATGA MUVOFIK BULIShI TARAFDORIMAN XOLOS. ShUNING UChUN XAM USTOZ ShAYX XAZRATLARIDAN YUL-YURIK SURAMOKDAMAN. ASSALOMU ALAYKUM VA ROXMATULLOXI VA BAROKATUXU!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunchalik mulohazalaringiz bo‘lganidan keyin o‘zingiz aytgan harakatlarni to‘xtatishingiz mumkin.

30 Aprel 2022, 06:46 | Savol-javoblar | 171 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar