Marhum otamizdan qolgan omonat pul haqida
Assalomu alaykum! Marhum otamizdan qolgan omonat pul haqida. Bizlar 7 farzand bo‘lib, 3 o‘g‘il 4 qiz hammamiz oilali. Otam o‘limidan oldin o‘z pulini hech kimga meros qilishi haqida aytmadi, nimaga sarflash haqida ham. 2ta farzandlari yordamga muhtoj biri nogiron, biri beva. Marhum otam nogiron akamning farzandi bilan birga yashab kelib, nabirasini oilasi bilan hazmatlarini uzoq yillar qilib kelgan. Ayni vaqtda uysiz bo‘lib yordamga muhtoj. Otam og‘irlashib qolganlarida mening qaramog‘imda bo‘ldilar va meni xonadonimda dafn marosimlarini o‘tkazdim. Endi otamdan qolgan pul mablag‘ini hukmi qanday bo‘ladi? (Mening fikrim) otamni ko‘p yillar mobaynida farzanddek, xizmatlarini qilib kelgan nabiralari oilasi bilan uy joyga muxtojligi sababli pulni ko‘proq qismini unga ajratishim to‘g‘rimi? Ayni vaqtda farzandlar ham davogarlik qilmoqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otangizdan qolgan mablag‘ni 10 qism qilinadi. Qizlarga bir hissadan o‘g‘illarga ikki hissadan qilib bo‘lib beriladi. Xohlaganlar keyin hadya qilib beraveradi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush