Osmonim ostidan chiqib ketsin degan gap to‘g‘rimi?

Assalomu alaykum! Yaqin kunlarda bir muallim o‘quvchilariga: "Alloh taolo aytadi bu dunyo tashvishlariga chidamagan inson osmonim ostidan chiqib ketsin" degan fikrni topshiriq bajarmaganlarga gapirmoqda. Savolning mazmuni shuki, Alloh taolo shunday so‘zlarini biror oyatda aytganmi yoki gapirayotgan inson o‘zi to‘qib chiqarganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday ma’nodagi rivoyatni ba’zi ulamolar mavzu’, to‘qima, yolg‘on deyishgan. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 11:18 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar