Avtoxalokatda omon qolgani uchun

Assalomu alaykum! Men oilam blan ota onamni ko‘rgani borayotgan vaqtimizda 23-fevral kuni edi avtohalokatga uchradik. Xudoga shukur o‘lim xolati bo‘lmadi. Faqat jaroxatlandik. Shu sababli shifoxonada meni o‘n to‘rt kun olib qolishdi. Meni xabar olgani kelgan yaqinlarimni ko‘pi Xudoga aytganing bor ekan qon chiqaringlar der edi. Bunday xolat uchun qon chiqarish kerakmi? Agar shart bo‘lsa imkonim etgan vaqtda xozir emas keyinroq qon chiqarsa bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday holat uchun qon chiqarilmaydi. Shukronasiga xohlagancha ehson qilishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar