Jumada niyat qilish

Assalomu alaykum! Juma namozida niyyat qilayotganimda "Peshin namozini 2 rakat farzini o‘qish uchun shu imomga iqtido qilmoqlikka niyyat qildim" deb aytib qo‘ydim. Ammo ichimda Juma namozi deb niyat qilgan edim. Tilim o‘rganib qolib aytib yuboribman. Jumaga boraman deb ertalabdan niyat qilib, taxorat olib niyat qilganman. Faqat tilim bilan peshin namozi deb qo‘yib takbir aytdim. Shu vazyatda peshinni qazosini o‘qishim kerakmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Niyatni qalbdan o‘tgani e’tiborli. Tildan adashgani zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 174 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar