Namozda zam sura

Assalomu alaykum! Bilamizki namozda 3 oyat farz. O‘qiguvchi necha oyat o‘qisa ham 3 oyati to‘g‘ri deb topilsa namoz namoz bo‘ladi degan gapni eshitgandim. Ammo meni bir narsa o‘ylantirdi. Namozxon agar zam surada (deylik aliymun xobiyrni tavvaburrohiym deb o‘qib) hato qilsa namoz buziladimi yoki vojibda xato qilgani uchun sajdai sahv qiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Namoz buzilishi uchun ma’no buzilishi kerak. Alloh taoloning bir sifatini o‘rniga boshqa sifatini zikr qilish bilan esa namoz buzilmaydi. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 17:21 | Savol-javoblar | 92 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar