Qo‘yning bo‘yin qismidagi go‘sht harommi

Assalomu alaykum! Qo‘yning bo‘yin qismidagi suyakning ichidan chiqadigan go‘sht xalolmi? Uni orqa miyya deyilar ekan. Tanishimiz harom dedilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom emas. Uni harom mag‘z deb atashadi, lekin u harom emas.
Go‘shti halol hayvonlarning quyidagi a’zolaridan boshqa hamma narsasi halol.
1. Erkak hayvonning zakari.
2. Erkak hayvonning ikki moyagi.
3. Urg‘ochi hayvonning jinsiy a’zosi.
4. Hayvondagi bez.
5. Hayvondan oqqan qon.
6. O‘t pufak.
7. Siydik turadigan a’zo. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:05 | Savol-javoblar | 205 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar