Do‘zax xarom qilingan kishilar

Assalomu alaykum! Shaxsi nomalum bo‘lgan bir kishi maruzasida Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Do‘zax unga xarom yoki u do‘zax xarom qilingan kishini xabarini beraymi” degan ekanlar. Ushbu manoda xadis bormi ustoz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unaqa ma’noda hadislar juda ko‘p. Ulardan biri quyidagi.حَدَّثَنَا أَنَسُ بْنُ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ النَّبِيَّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَمُعَاذٌ رَدِيفُهُ عَلَى الرَّحْلِ قَالَ: «يَا مُعَاذُ بْنَ جَبَلٍ». قَالَ: لَبَّيْكَ يَا رَسُولَ اللهِ وَسَعْدَيْكَ. قَالَ: «يَا مُعَاذُ». قَالَ: لَبَّيْكَ يَا رَسُولَ اللهِ وَسَعْدَيْكَ. ثَلَاثًا. قَالَ: «مَا مِنْ أَحَدٍ يَشْهَدُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَأَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللهِ صِدْقًا مِنْ قَلْبِهِ إِلَّا حَرَّمَهُ اللهُ عَلَى النَّارِ». قَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، أَفَلَا أُخْبِرُ بِهِ النَّاسَ فَيَسْتَبْشِرُوا؟ قَالَ: «إِذًا يَتَّكِلُوا». وَأَخْبَرَ بِهَا مُعَاذٌ عِنْدَ مَوْتِهِ تَأَثُّمًا Anas ibn Molik roziyallohu anhu so‘zlab berdi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ey Mu’oz ibn Jabal», dedilar. Mu’oz u zotning ulovlariga mingashib olgan edi, «Labbayka va sa’dayka,* ey Allohning Rasuli», dedi. «Ey Mu’oz», dedilar yana. «Labbayka va sa’dayka, ey Allohning Rasuli», deya uch marta aytdi. «Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad Allohning Rasulidir», deb sidqidildan guvohlik bergan kishi borki, Alloh uni do‘zaxga harom qilur», dedilar.
«Ey Allohning Rasuli, odamlarni bundan xabardor qilaymi, xursand bo‘lishar edi?» dedi (Mu’oz). «U holda suyanib qolishadi», dedilar u zot.
Mu’oz gunohkor bo‘lib qolishdan qo‘rqib, buni o‘limi oldidan aytgan».

* «Labbayka va sa’dayka» iborasi lug‘atda «Men mana shu erdaman, xizmatingizga tayyorman, sizni ulug‘layman» degan ma’noni bildiradi. Iste’molda esa o‘zbek tilidagi «Buyuring, amringizga muntazirman» degan jumlaga to‘g‘ri keladi. (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Buxoriy").  Vallohu a’lam!

9 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 162 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar