Yo‘qolgan narsa haqida hadis
Assalomu alaykum! Oltin silsila Saxixul Buxoriy kitobidagi 192-bet, 28-bob, 91-xadisni sharhlab bersangizlar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu hadis hozirgi kunimizda ham juda katta ahamiyatga ega. Ko‘chada tushib qolgan yoki kimdir yo‘qotib qo‘ygan mollar haqida hukm olishga dalil hisoblanadi. Olmasdan ketsa o‘z egasiga etib bormasligi imkoni katta narsalarni olib, omonat tarzda egasiga topshirish kerkligi, mashina hamda egasi o‘z o‘rnida tursa osonroq topadigan narsalarni esa olib uyiga olib kirib qo‘ymasdan o‘z holiga qo‘ysa yaxshi ekanligiga dalolat qiladi. Shuning uchun kim ko‘cha biror birovning mulkini ko‘rsa olishga shoshilmasligi kerak. o‘zining aqli etmasa aqli etadigan insonga bog‘lanib nimaa qilishni so‘rashi kerak. xususan telefon orqali so‘rash imkoniyati bor davrda. عَنْ زَيْدِ بْنِ خَالِدٍ الْجُهَنِيِّ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ سَأَلَهُ رَجُلٌ عَنِ اللُّقَطَةِ، فَقَالَ: اعْرِفْ وِكَاءَهَا - أَوْ قَالَ وِعَاءَهَا - وَعِفَاصَهَا، ثُمَّ عَرِّفْهَا سَنَةً، ثُمَّ اسْتَمْتِعْ بِهَا، فَإِنْ جَاءَ رَبُّهَا فَأَدِّهَا إِلَيْهِ». قَالَ: فَضَالَّةُ الْإِبِلِ؟ فَغَضِبَ حَتَّى احْمَرَّتْ وَجْنَتَاهُ - أَوْ قَالَ احْمَرَّ وَجْهُهُ - فَقَالَ: «وَمَا لَكَ وَلَهَا، مَعَهَا سِقَاؤُهَا وَحِذَاؤُهَا، تَرِدُ الْمَاءَ، وَتَرْعَى الشَّجَرَ، فَذَرْهَا حَتَّى يَلْقَاهَا رَبُّهَا». قَالَ: فَضَالَّةُ الْغَنَمِ؟ قَالَ: «لَكَ أَوْ لِأَخِيكَ أَوْ لِلذِّئْبِ 91. Zayd ibn Xolid Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan topilma haqida so‘radi. U zot: «Uning shovunini [yoki idishini – dedilar] va xaltasini tanib ol-da, so‘ng uni bir yil e’lon qil. Keyin undan foydalanaver. Agar egasi kelib qolsa, uni unga to‘la», dedilar.
«Yo‘qolgan tuya-chi?» dedi. U zot g‘azablanib ketdilar, hatto yonoqlari qizarib ketdi [yoki yuzlari qizarib ketdi].
«Sening u bilan nima ishing bor?! Suvi ham, tuyog‘i ham o‘zi bilan, borib suvini icha oladi, butalardan o‘tlab yuraveradi, egasi uchratgunicha uni o‘z holiga qo‘y!» dedilar.
«Yo‘qolgan qo‘y-chi?» dedi. «U seniki yoki birodaringniki yoki bo‘rinikidir», dedilar». Vallohu a’lam!
9 May 2022, 03:40 | Savol-javoblar | 154 | Hadislar