Qon oldirib undan pul olish

Assalomu alaykum! Bilamizki qon berish joiz, uni berganlik uchun pul olish ya’ni sotish harom deyilgan. Bir tanishim qoni quyuqlashib ketganligi bois vaqti vaqti bilan qon oldirib turadilar(qonni suyuqlashtirib tozalash uchun). Agar qon guruhlari biron bir odamga to‘g‘ri kelib qolsa u odamga quyiladi. Savolim shuki oxirgi marta qon oldirmoqchi bo‘lganlarida qonni laboratoriyada tekshirgan ayol: bosh vrach qon oldirib bo‘lganizdan keyin pul beradilar shu pulni tashlab keta olasizmi deb, qayin onalarini qandli diabet kasallikka chalinganlari, ular qo‘ldan kelganicha yordam berishlarini aytibdilar. Ularga yordam bo‘ladi deb tashlab ketishlarini so‘rabdilar. Shoshganda mayli debdilar. Qon oldirib bo‘lganlaridan keyin pulni olib tashlab ketibdilar. Savol. Bu qilgan ishlari qon sotishga kirib qolmaydimi? Niyatlari unaqa bo‘lmagan lekin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Qon sotishga kiradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:07 | Savol-javoblar | 140 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar