Nomoz o‘qishni astoydil istayman
Assalomu alaykum! Aroq ichaman, bazida cho‘chqa go‘sht eyman, it go‘shti ham eganman. Men bu narsalar gunohligini bilaman, ammo nafsimni engolmayapman. Nomozni astoydil istayman, lekin bilmayman. Nega kirolmayapman? Iltimos sizlardan menga yo‘l ko‘rsating, bu oilamizda hech kim nomoz o‘qimaganidanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz tahoratni qiling, namozni bilsangiz ham bilmasangiz ham masjidga jamoatga boring. Peshonani sajdaga qo‘yib Allohim bu hayotimiz mashinasini mendan boshlab O‘zing rozi bo‘ladigan tomonga burgin. O‘zimni namozni o‘quvchi va zeni zurriyodlarimdan ham namozni qoim qiluvchilarni chiqargin deb astoydil Allohdan so‘rang. Sizni avvalda nima qilganingizni Allohga hech og‘irligi yo‘q. Sizdanda battar shirk, kufr va butparastlikka botganlar ham astoydil tavba qildilar valiyyulloh maqomiga etishdilar. Ayni siz kabi hayot kechirib bir himmat qilib oilani rolini Alloh tomoniga burib, o‘zi ham oilasi ham ota-onasi ham namozxon bo‘lib, farzandlari qori bo‘lib, zakotlarni berib solih yashab o‘tgan insonlarni bir nechtasini bilamiz. Abu Lahab va uning ayoli do‘zaxiligi aniqligi haqida oyat nozil bo‘lgan. Ularni Durra ismli bir qizlari bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinai Munavvaraga hijrat qilganlarida Durraxon ham Allohdan astoydil hidoyat so‘rab Madinai Munavvaraga hijrat qildi. Etib kelganida Madinadagi bir necha muslima ayollar “Allohning dushmani bo‘lgan Abu Lahab va uning xotinini qizi” deb uni ta’na qilishdi. Aslida bu haqiqat edi, chunki musulmonlarga Abu Lahab va uning xotinidan o‘ta darajada qattiq ozor va musibatlar etgan edi. Shunda Durra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bordilar, musulmon bo‘lganini va Madina ayollarini shunday muomala qilganini arz qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qattiq g‘azablandilar va minbarga chiqib Durra u zotning qarindoshi ekanligi muslima bo‘lganligi, qiyomat kunida qarindoshlarini shafoat qilishlarini va qaytib Abu Lahabning qizi deb ozor bermasliklarini aytdilar. Durra roziyallohu anho islomda eng sharafli tabaqadagi ayollardan bo‘ldilar. Oisha roziyallohu anho onamizning xos shogirdlari bo‘lib ilm o‘rgandilar. Minglab insonlarning hidoyatiga sababchi bo‘ldilar. Durradan hadislar rivoyat qilingan. Demak gap kimni farzandi bo‘lishda ham avval qanaqa gunohlar sodir qilganligida ham emas. Biz ham duo qilamiz, Alloh sizga tavfiq bersin, ibodatli umr bersin, shu sizdan boshlab oilangizni mashinasini roli Alloh tomoniga olib boradigan yo‘liga tushsin. Sizdan ham gapimizga bee’tibor qolmasligingizni iltimos qilamiz. Siz o‘zingizni o‘zingiz o‘nglamaguningizcha boshqa hech kim o‘nglolmaydi. Javobimiz etib borishi bilanoq tahorat qiling va masjidga yuguring. Boshqa hech narsani o‘ylamang. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 03:51 | Savol-javoblar | 174 | Halol va harom