Kasal odam yomon odam hisoblanadimi?

Assalomu alaykum! Bir olim zotni ziyorat qildim. Yoshlari 96 da ekan. Shifokorlar u kishini tekshirib ko‘rishsa, aytarlik kasallik yo‘q ekan. U zot: «Allohga qasamki, hayotimda biror harom ish qilganimni eslay olmayman», dedilar. Yana bir olim bor edilar, keksayib qolgan bo‘lsalar ham, qomatlari tik, ko‘zlari o‘tkir, quloqlari ham yaxshi eshitar edi. Buning sababini so‘rashganda u zot: «Bolam! Biz yoshlikda tana a’zolarimizni (gunohdan) muhofaza qilgan edik, shuning uchun Alloh qariganimizda ham ularni muhofaza qilib berdi», dedilar.

Bir ma’ruzada xotin o‘z eridan taloq berishini so‘raydi, buning sababi eri hech ham kasal bo‘lmasligi bo‘ladi. Fir’avn ham kasal bo‘lmagan deyishadi. Shuningdek hayotda yaxshi odamlarni ham kasal bo‘lganini guvohi bo‘lamiz. Kasallik bandani yomon ekanligiga dalil bo‘ladimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Siz zikr qilgan kasal bo‘lmagan zotlar ham vaqti-vaqti bilan turli dardlarga chalinib turishi bor. Fir’avn kabilar esa umuman kasal bo‘lmagan kishilardir. Vallohu a’lam!https://old.islom.uz/content/view/1499/108/

26 May 2022, 08:53 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar