Ro‘zada saharlikni 20-30 minutga kechiktirish

Assalomu alaykum! Men ko‘pincha uxlab qolib saxarlikni taqvimda belgilangan vaqtdan 20-30 daqiqa kechroq qilaman. Bu ishim qasddan emas, lekin soat bu nisbiy tushunchaku, axir soat bo‘lmagan vaqtlari xam odamlar kunga qarab ro‘za tutishgan. Taqvimdagidan kechroq yopsam xam xali kun eyilmagan bo‘ladi. https://savollar.islom.uz/s/1196 dagi savolga rahmatli shayx xazratlarining bergan javoblarini o‘qib chiqdim. Meni qilayotgan to‘g‘ri ekan degan xulosaga keldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Siz noto‘g‘ri tushunibsiz. Hattoki og‘zida luqmasini chaynayotgan inson bamdod vaqti kirganini ko‘rsa(soatga qarabmi azonni eshitibmi) luqmasini yutsa ham qazo ham kafforat vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 Aprel 2022, 17:23 | Savol-javoblar | 148 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar