Noiloj ahvol

Erim menga bir kvartira topib bergandi. U qarindoshiniki bo‘lib, unga ijara puli to‘lamaydi. Bir necha kun turib bildimki, u erda qanaqadir kanaga o‘xshash hasharot ko‘p ekan. O‘zimiz 3 marta doriladik, sanepidstansiya 2 marta doriladi. Ular dorilaganda biron xato qilganmi, qizlik uyimdan o‘sha uyga kelsam, yana hasharot toshib ketibdi. Erimga “boshqa kvartira toping” desam, “to‘lagani pulim yo‘q, shu tekin kvartirada turing” deyapti. Boshqa joydan izlash niyati ham yo‘q. U “bo‘lmasa otangizni uyiga keting” demoqda. Otam namozimga qarshilik qilib, turgani qo‘ymaydi. Hozir hamma narsamga hasharot toshib, chidab bo‘lmayapti. Nima qilay? Allohga tavakkal qilib, shu erdan butunlay ajrashib uyimga ketaymi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Erga tushuntirishda unga gap o‘tadigan odamlardan yordam so‘rang.

26 May 2022, 17:15 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar