Musordan ishlatishga yaroqli narsalarni olish mumkinmi?

Biz hozirda oilamiz bilan chet elda yashaymiz. Bu erdagi uylar asosan ko‘p qavatli va juda tordir. Har bir uylarning eshigi oldida mahsus chiqindi tashlash joyi bor va bu chiqindi (musor) lar maxsus kunda maxsus paketlarga solinib, turiga qarab tashlanadi. Tor bo‘lganligi sabablimi yoki bu er odamlari boshqa dinda bo‘lganliklari uchun, isrofni unchalik bilishmaydimi va yoki boshqa sabablardanmi bilmadim, lekin shu tashlanadigan chiqindilar ichida ishlatishga yaroqli narsalar (oyoq kiyimlar, ust kiyimlar, uy buyumlari va shunga o‘xshashlar) tashlab yuboriladi. Tashlangan narsalarni maxsus mashina olib ketadi (ammo qaerga olib ketilishini bilmayman, taxminimcha yoqib yuborishadi) Savolim shuki, shu tashlanganlardan yaroqli narsalarni olib, nochorlarga bersak bo‘ladimi? Bundan savob bo‘ladimi? Yoki olish mumkin emasmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bo‘ladi.

26 May 2022, 20:51 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar