Shubhali mahsulotlar

Assalomu alaykum! Avvalambor zamon bilan hamnafas yurib bizlarni ham yangiliklardan xabardor qilayotganlaringiz uchun tashakkur aytaman. Yaqinda umuman toshkent nonlarini emay qo‘ydim, bemalol iloji bor ekan, hayot faqat ovqatdan iborat emas ekan. Ayniqsa cho‘chqa terisidan sho‘tkadan foydalanib bizlarga berayotganlaridan keyin umuman emayabman. Agar ishonsangiz duolarimiz qabul bo‘lmasligini asosiy sabablaridan biri ham shu degan yaqindagi javoblaringizdan juda qattiq ta’sirlanib ketdim! Qarindoshlar, yaqinlarga umuman bu mavzuda gapirish qiyinligini bilaman shuning uchun ham menga doktor tavsiya qilmagan non eyishni deyman. Bu yolg‘on emas balki haqiqatda doktor qorin dam bo‘lmasligi uchun kamroq eyishni maslahat bergan. Qorin dam bo‘lmasligi esa namoz uchun zarur. Yaqinda men ko‘pchilik mahsulotlarga ham shubha bilan qaray boshladim(shirinliklar, tortlar, pechene, kekslar). Sababi oddiy ichidagi qog‘ozni o‘qisam ko‘pchilik men umuman tushunmagan narsalar yozilgan bo‘ladi. Shuning uchun ham yurtimizga halol standarti suv va havodek zarur ekan. https://savollar.islom.uz/s/57311 Tepadagi linkni o‘qiganman ko‘p bora kanaldan lekin men sizlardan maslahat so‘ramoqchi edim ya’ni zikr ahlidan: Menda shubha shirinliklarga bo‘lsa umuman tanovul qilmasligim kerakmi? Sizlar o‘zingizda mendek holat bo‘lsa nima qilgan bo‘lardingiz ? Bu shaxsiy savol emas balki ilmiga amal qiluvchilar izidan yurish deb biling. Bunga ham Alloh qodir qilsa erishaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Eganni malomat ham qilmang, ko‘nglingiz tortmasa emang.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:59 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar