Badr g‘azotidagi musulmonlarning sarkardalari

Badr g‘azotida musulmonlarning sarkardalari kimlar bo‘lgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Badr g‘azotida bosh qo‘mondonlik bayrog‘ini Mus’ab ibn Umayr roziyallohu anhuga berib, qo‘shinni ikki qismga bo‘lganlar: Birinchisi muhojirlar bo‘linmasi bo‘lib, uning bayrog‘ini hazrat Aliy roziyallohu anhuga berganlar. Ikkinchisi ansorlar bo‘linmasi bo‘lib, uning bayrog‘ini Sa’d ibn Mu’oz roziyallohu anhuga berganlar.O‘ng qanot sarkardaligini Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhuga, chap qanotni esa Miqdod ibn Amr roziyallohu anhuga topshirganlar. Orqa tarafni Qays ibn Abu Sa’sa’a roziyallohu anhuga topshirganlar. Bosh qo‘mondonlik Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘z qo‘llarida qolgan.

4 May 2022, 17:19 | Savol-javoblar | 160 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar