Jumaga bormagan azon aytishi

Assalomu alaykum! Men Rossiya davlatining shimoliy qismida bir necha yildan beri ishlayman. Namozni shu erda internet orqali o‘rgandim. Birovdan so‘rash imkonini topolmadim. Juma namoziga chiqish imkonini xam topolmadim. Shuning uchun juma kuni xam, peshin namozini uyda xar kungidek ado etaman. Men juma kuni peshin namozi uchun azon va iqomat aytishim mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mumkin. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 04:57 | Savol-javoblar | 167 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar