Qur’on narxi ustiga foyda qo‘yi tijorat qilish

Assalomu alaykum! Qur’on karimni ustiga pul qo‘yib sotish mumkunmi yoki mumkunmasmi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aslida Qur’on chiqarayotgan bosmaxona moddiy tomondan qiynalayotgan kishilarni o‘ylab ustiga foyda qo‘ymasdan, balki tannarxidan zarar ko‘rsa ham xalq uchun arzon qilib sotishmoqda. Bunday vaqtda boy va imkoniyati bemalol bo‘lgan insonlar kitob olmay turishlari kerak. Aksincha hadya qilmoqchi bo‘lishsa ham qimmat joylardan olib hadya qilishsin. Chunki Qur’onga muhabbatli, moddiy tomondan qiynalgan kishilar olib foydalanishsin. Shunda musulmon birodarlariga xayrixohlik qilgan bo‘ladilar. Navbatga turib, olib, ustiga pul qo‘yib sotishni vijdonsiz odam qilishi mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:39 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar