Yordam qilish

Assalomu alaykum! Ko‘chada ba’zi odamlarni ko‘ramiz, ko‘rinishi bir ahvol, boshpanasi yo‘qligi ham bilinadi. Ba’zilarining ichkilikka mukkasidan ketgani bilinib turgani bois, yaqinlashgingiz ham kelmaydi. Yana shundaylari borki, qaysidir gunoxi yoki xatosi uchun shu axvolga tushgandir. Balki uning iymoni xam yo‘qdir. Lekin oddiy bir tirik jon sifatida kishining unga raxmi keladi. Ba’zida oddiy xayvonga xam yordam kilinadiku deb,  shu kabi kishilarga ozrok pul yoki egulik ilinilsa bu joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nafaqat joiz, aksincha bunday kishilarga faqat pul berish bilan cheklanmasdan, ularni hayotini izga solishga yordam berish kerak. Kiyim kechak bilan ta’minlash va qornini to‘ydirishga yordam berish kerak. Umar roziyallohu anhu qarib ishga yaramay qolgan tilanib yurgan ahli kitobni ko‘rib, “Senga nima ey shayx” dedilar. Shunda “Men yahudiyman jizya to‘lash uchun tilanchilik qilyapman” dedi. Shunda Umar roziyallohu anhu “Senga insof qilmabmiz, yoshligingda olib qariganingda seni zoe qilib qo‘yibmiz, Allohga qasamki senga musulmonlarning molidan berib turaman” dedilar. عن أنس بن مالك ـ رضي الله عنه ـ قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: ما آمن بي من بات شبعان وجاره جائع إلى جنبه وهو يعلم به رواه الطبراني Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Qo‘shnisi ochligini bila turib kechasini to‘q holda o‘tkazgan kishi menga iymon keltirmabdi” dedilar. Tabaroniy rivoyati. عن ابن عباس قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: ليس المؤمن الذي يشبع وجاره جائع إلى جنبه. رواه الحاكم في المستدرك Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi :   Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Yonidagi qo‘shnisi och bo‘la turib to‘yib taom eyuvchi kishi komil musulmon bo‘la olmaydi” dedilar. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: بَيْنَا رَجُلٌ يَمْشِي بِطَرِيقٍ اشْتَدَّ عَلَيْهِ الْعَطَشُ، فَوَجَدَ بِئْرًا فَنَزَلَ فَشَرِبَ، ثُمَّ خَرَجَ فَإِذَا كَلْبٌ يَلْهَثُ يَأْكُلُ الثَّرَى مِنَ الْعَطَشِ، فَقَالَ الرَّجُلُ: لَقَدْ بَلَغَ هَذَا الْكَلْبَ مِنَ الْعَطَشِ مِثْلُ الَّذِي كَانَ بَلَغَ مِنِّي، فَنَزَلَ الْبِئْرَ فَمَلَأَ خُفَّهُ مَاءً فَسَقَى الْكَلْبَ، فَشَكَرَ اللهُ لَهُ فَغَفَرَ لَهُ، قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، وَإِنَّ لَنَا فِي الْبَهَائِمِ لَأَجْرًا؟ فَقَالَ: فِي كُلِّ ذَاتِ كَبِدٍ رَطْبَةٍ أَجْرٌ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bir odam yo‘lda bora turib, qattiq chanqadi. Bir quduq topib, tushib, suv ichdi. So‘ngra chiqib, qarasa, bir it chanqoqdan tili osilib, tuproq emoqda. Haligi odam «Bu it ham menga o‘xshab chanqabdi», dedi-da, quduqqa tushib, maxsisiga suv to‘ldirib chiqib, itga tutdi. Bas, Alloh uni taqdirladi va mag‘firat qildi», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, bizga hayvonlarda ham ajr bormi?» deyishdi. «Har bir ho‘l jigari bor narsada ajr bordir!» dedilar». Ikki Shayx rivoyat qilganlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:37 | Savol-javoblar | 127 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar