Farzand otasiga namozni o‘rgatishi mumkinmi?
Assalomu alaykum! Dadamni yoshlari 58da. Hali ham namoz o‘qimaydilar. Ularning haqlariga Allohdan iymon insof hidoyat taqvo so‘rab davomiy duodaman. O‘zlariga bir necha bora odob doirasida ibodatni boshlashlari haqida gapirganman. Ro‘zg‘or tirikchilik deb tinim bilmaydilar. Namoz o‘rgangani vaqt topilmaydi. Vaqt bo‘lganda o‘rgatadigan ustoz yo‘q. Men o‘qib o‘rgangan manbalar asosida o‘rgata qolay desam “sen menga namozni o‘rgatsang ustoz bo‘lib qolasan keyin senga qattiq gapirib yuborsam hafa qiladigan ish qilsam ustozga qarshi chiqqan bo‘lib qolaman” deydilar. Benamozlik qanday gunoh ekanligini oqibati qanday bo‘lishini bilib dadamning ohiratdagi ahvolidan havotirdaman. Maslahat bering ustozlar bunday holatda men nima qilay? Dadamga namoz o‘rgatishim mumkinmi yoki boshqacha yo‘l tutish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Farzand otasiga namozni o‘rgatishi mumkin. garchi ustoz bo‘lib qolsa ham otalik ustozlikdan ustun turadi. Shuning uchun odob bersa yoki so‘ksa hech qanday zarari yo‘q. O‘rgatavering. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 05:08 | Savol-javoblar | 181 | Namoz