Avto Transport Brokerstvasi

Assalomu alaykum! Men yaqinda avto transport brokerstvasiga ishga kirgandm. Lekin meni topayotgan pulim halol yoki harom ekanligi o‘ylantirib qo‘ydi. Biz Amerikada yashovchilarning bir shtatdan ikkinchi shtatga avtomobilini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga treyler topib beramiz. Shu ishda biz bilmagan shubhalik xolatlar bormi yo‘qmi bilmoqchi edim yaniy biz halol ishlayobmiz deb harom pul topmayabmizmi, shu savol meni ko‘p o‘ylantiryabti. Misol uchun biz mijoz biz bilan ishlashi uchun unga haydovchilar rozi bo‘lgan narxni eng pastini yoki undan ham pastroq qilib aytamiz lekin shu holatda ham bu taxmiyniy narx deymiz. Baribir aytgan narximizdan $200-$400 oraliqda qimmat bo‘ladi oxirgi narxi. Shunda yolg‘on gapirgan bo‘lib ishimiz harom bo‘lib qolmayabtimi? Yana bir nuqtasida o‘ylanganman. Mijozga qimmat bo‘lgandan keyin ham rozi bo‘lsa, yaniy biz unga jami shuncha bo‘ladi deb aytamiz, lekin biz hizmat haqqimiz uchun qancha olayotganimiz va haydovchini qancha narxga ko‘ndirganimizni bilmasa. Topgan pulimiz harom bo‘lib qolmaydimi? O‘zi shu sohada yana qay jihatlarida extiyot bo‘lishimiz kerak? Iltimos shuni tushuntirib o‘tsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlar mijoz bilan qanday bitim tuzayotganingizni aniqlashtirib oling. “Biz Amerikada yashovchilarning bir shtatdan ikkinchi shtatga avtomobilini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga treyler topib beramiz” Ushbu gapingizga ko‘ra sizlar treyler izlab yurgan mijozga uning yukini tashib beruvchi shaxsni pul evaziga topib berasizlar. Holat aynan shunday bo‘lsa, yuk tashib beruvchi shaxsning hizmat haqini o‘zingizning hizmat haqingizdan alohida qilib mijozga ma’lum qilishingiz shart. Vallohu a’lam!

23 Avgust 2022, 19:24 | Savol-javoblar | 162 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar