Germaniyada namoz vaqti

Assalomu alaykum! Men Germaniyada amaliyotdaman. Xabaringiz bor bu erlarda "qishki" va "yozgi" vaqtlarga o‘tiladi. Shu sabab bilan namoz vaqtlari, ayniqsa yozda, biroz kech, aniqroq qilib aytadigan bo‘lsam, xufton juda kech qariyib 23:30 dan keyin, bomdod esa 2:40 atrofida, quyosh chiqish vaqti 4:50 atrofida. Shuni inobatga olib, Germaniya Muftiysi musulmonlarga engillik qilish maqsadida quyidagicha fatvo beribdi, shomdan so‘ng (taxminan 21:30) xuftonni ham o‘qib olishlikka ruxsat berishibdi. Buni bir misrlik arab birodarimiz xabar berdi, fatvo ham arabchada yozilgan edi, savolim oxirida link qoldiraman. Iltimos shuni bizga aniqlashtirib, mazxabimizga mos keladigan fatvoni bering. 2. Bu xabarni eshitib, aniqlashtirish maqsadida siz aziz ustozlardan so‘rashlikni iroda qilgan edim, buni bilib qolgan misrlik birodarimiz bizni millatchiga chiqardi: "sen faqat o‘zbeklarga ishonasanmi, biz arablarga ishonmaysanmi" qabilida, biroz tortishib qoldi. Shunda sizlardan so‘rashlikka iroda etganim to‘g‘ri ish bo‘lganmi? 3. Arablarning ko‘p amallari meni hayron qoldiradi, o‘zlariga judayam engillik qilib olishgan. Men arablar haqida boshqacha fikrda edim, ularni dinimizning ustunlari, eng imon-e’tiqodli qatlami deb bilardim, lekin amallari, fikrlashlari fikrimni oqlamadi. Tarovehni 10 rakat, vitrni 1 rakat, namozning sunnatlarini "kayfiyat"ga qarab o‘qisharkan (farz emasku deyishadi), "bizning ustozlar bizga mazxabni qattiq ushlashlikka o‘rgatib, ta’lim berishgan" deyman, bu fikrimni ham qoralaydi. Iltimos shu borada ham o‘z qimmatli fikrlaringizni bildirsangiz. Sizlardan qimmatli vaqtingizni ayamay har bir savollarim va fikrlarimga o‘z munosabatingizni bildirishingizni judayam iltimos qilib qolardim, Alloh hammamizdan rozi bo‘lsin. Haqqimizga duo qilib qo‘yingizlar aziz ustozlar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Fatvoga amal qilavering. Ular bilan baxslashmang. Arablar xususan hozirgi kunda muqtadolik darajasida emas. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 05:08 | Savol-javoblar | 163 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar