Yutuqli so‘da

Assalomu alaykum! Men bozorda savdo qilaman va yaqin kunlardan buyon yutuqli so‘da (kir yuvish kukuni) sota boshladim. So‘dani 9000 so‘mdan olaman va 10000 so‘mdan sotaman. Bitta qopchada 6 dona so‘da bo‘ladi va 6 tani ichidan bittasida katta yutuq (tefal, kir yuvish mashinasi, duxovka va xokazolar) chiqadi, qolganini ichidan faqat mayda sovg‘alar chiqadi. Qisqasi xar bir paketda sovg‘a chiqadi. Bir paket so‘da 900 gramm. Undan tashqari menga maxsulotni qancha ko‘p sotsam kompanya tomonidan pul yoki qimmat baxo sovg‘alar xam berishadi. Tabiki maxsulotni bozori juda chaqqon odamlar juda qiziqib sotib olishyabdi. Yutuqlarni puli maxsulotni puliga qo‘shilgan yoki qo‘shilmaganini bilmayman. Bu ishim to‘g‘rimi topgan pulim xalol bo‘ladimi? So‘dani sotishda davom etsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odamlar sodani lotoreya sifatida olishsa qimor bo‘ladi. Lotoreyadan ahm asosiy maqsad yutuq bo‘ladi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 19:34 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar