Xato yuborilgan narsa

Assalomu alaykum! Men chet el internet magazinlaridan ko‘p narsalar sotib olaman, oxirgi xaridimda buyurtma qilgan narsamdan 3 nusxada keldi. Men 1dona sotib olgandim, kelganda xayron bo‘ldim. Adashib 3 marta bosib yubordimmi deb. Tekshirsam bittasiga pul to‘laganman. Magazin bilan bog‘lansam ular xam xayron bo‘lishdi va tekshirib manga ikkita boshqalarniki ketib qolganini aytishdi. Men shu 2 ta ortiqcha narsa uchun etkazib berishga 35$ to‘ladim va do‘kondan shu pulni to‘lab berishsa yukni qaytarib yuborishga xarakat qilishimni yozdim. Lekin yukni qanday qilishni bilmayman to‘g‘risi. Keyin magazin ortiqchasini qaytarishga majbur emassiz deb yozdi, men esa egalariga pulini qaytarishingizga to‘g‘ri keladiku desam, xammasi joyida deb aytishdi. U internet magazin Tao Bao da, nobodo tovar qo‘lingizga kelib tushmasa pul undurib beriladi. Lekin xato yoki brak narsalarni qaytarishni iloji yo‘q, chunki qaytarish muddati sizga yuborilgandan keyin 6 kun. Lekin Toshkentga kelguncha 12-15 ba’zida undan ko‘proq vaqt xam ketadi. Savol shuki shu narsalar manga xalolmi? Buni kimgadir sotib, pulini egasi nomidan sadaqa qilishni xam o‘yladim, lekin xali sotolmadim. Rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zlaridan so‘rang. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 05:19 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar