Qizlar ibosi

Assalomu alaykum! Alloh xammamizdan rozi bo‘lsin. Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr. Hozirda juda ko‘p bo‘layotgan voqea, shulardan bittasini aytsam. Dugonam o‘g‘il uylantirdi, kelin o‘z xayosini saqlolmagan qiz ekan.  Genekolog(shaxardagi) qizni “to‘g‘rilab” qo‘ygan, viloyatda genekolog gaplashilgan bo‘lib, medasmotrga pok deb qo‘l qo‘ygan. O‘sha kechasi qiz hammasini tan olgan. Uyida opasi bilib genekologga oborgan, xech kim bilmay qoladi deb o‘ylashgan. Rostdan ham bilmaganlar bo‘ldi. Kuyov haligacha bilmaydi, ozgina odam biladi, lekin xech kim indolmaydi. Dugonam qizni urib-turtmasdan ota-onasiga olib borib topshirdi. Narsalarini ham xiyonat qilmasdan olib borib berdi. Dugonamning oilasi tarbiyali, namozxon odamlar, hozirda u “Bunday ishga Islomda qanday yo‘l tutish kerak edikin” deb o‘ylanib qoldi. Yomon ish qilib qo‘ymadikmi deb hijolatda. Endi boshqa kelin qisa bo‘ladimi? Kelinga taloq berishi kerakmi? Kuyovni aldab avval boshqa yigit bilan zino qilib yurganini yashirib yashayotganlarni islomda hukmi nima? Dugonam genekologlarga jazo tayinlanishini so‘ravotdi, shu to‘g‘rimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Xayrli ishilaringiz davomli bo‘lsin. Ko‘p savol-javoblarni o‘qib xatolarimni to‘g‘rilayapman. Allohim O‘z hammamizni yo‘lidan adashtirmasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shuning uchun ham shariatimiz yolg‘ondan guvohlik berishni eng ulkan gunohlardan deb hisoblagan. Bir genekologning befarosatligi, dinsizligi shunchalik isrof, notinchlik, sharmandalik va ovoragarchilikka sabab bo‘lgan. Avvaldan poklikni, hayoni, sabrni o‘ziga lozim tutmagan qizda xayr baraka bo‘lmaydi. Kelinga taloqni berishi kerak, genekolog esa qonun oldida javob bersin. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 22:37 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar