Qilayotgan ishim to‘g‘rimi

Assalomu alaykum! Meni 3 nafar qiz farzandlarim bor. Kottasi 7 yoshda. Bilamizki hozirda bolalar balog‘at yoshida erta etilishmoqda. Savolim shundan iboratki. Biz shaharda toshkentda turamiz. Turmush o‘rtog‘imni qarindosh urug‘lari esa viloyatda turishadi. Turmush o‘rtog‘imni o‘g‘il bola jiyanlari shahar o‘qishga kirishmoqchi. Ular o‘qishga kirishsa. Biznikida yashashlariga to‘g‘ri keladi. Necha yillar davomida, jiyanlar ham 1 dona emas. Men qizlarimmi tarbiyasini o‘ylab, o‘rtadagi noqulayliklarni o‘ylab. Bu narsa to‘g‘ri kelmasligini , jiyanlar imkoni bolsa yotoqxona yashashlarini sorayabman. Bu ishim to‘g‘rimi? Nomahram degan tushunchalar bor, bu narsalar odatiy holatga aylanib qolmasin deyman qizlarim uchun. Lekin umr yoldoshim bu narsalarni tushunib anglab turgan bolsalar ham, qarindoshlarga nima deb tushuntirishni bilmayabtilar, o‘rtada nizo yoki xafagarchilik bolmasin deb
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri o‘ylabsiz. Siz uchun o‘sha jiyanlar nomahramdir. Bir uyda yashashlaringiz noshar’iy ishlarga olib keladi. Vallohu a’lam!

16 Oktabr 2023, 15:28 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar