Internet-dukon
Assalomu alaykum! Savolim shundan iboratki, men internet-dukonda savdo yurgizaman. Yakinda "odam kulida yuk maxsulotni sotish mumkin emasligi" to‘g‘risida xadis ukidim. Savdoning "as-salam" va "istisno" turlari bunga ruxsat berar ekan. Bir necha islom olimlarining bu xadisga bergan izoxlari bilan tanishib chikdim. Lekin internet-dukonda savdo sal boshkacha tashkil kilinadi. Mendagi vaziyat xadis matniga unchalik to‘g‘ri kelmasligi mumkin va u kuyidagicha: internet saytida maxsulotlar sotuvga kuyiladi, ushbu sayt ma’lum bir bank mulki xisoblanadi. Savdo firmasi (savdogar) bank saytida uzining maxsulotlarini sotgani uchun, foydadan ma’lum kismini bankka berish sharti bilan bank bilan xamkorlik kiladi. Internet saytida maxsulotning rasmlari, narxi va boshka xususiyatlari kursatiladi. Xaridor uni internet orkali kurib tanishib, uziga mos kelgan maxsulotni tanlaydi va buyurtma beradi. Lekin xoxlagan paytida buyurtmani bekor kilish xukukiga ega. Buyurtma sotuvchiga saytda "shaxsiy kabinetiga" kelib tushadi. Sotuvchi maxsulotni xaridorning uygacha etkazib beradi. Xaridor maxsulotni tekshirib kuradi va shu saytda maxsulotni kabul kildim degan tugmani bosadi, tulov esa bir kundan keyin amalga oshiriladi, ya’ni xaridor uchun bu erda xech kanday aldanish xavfi yuk. Chunki xaridor maxsulotni kuliga olganidan keyingina pulini tulaydi eki xaridor bu maxsulotni bankdan "rassrochkaga olishga" rasmiylashtiradi, bank esa sotuvchiga maxsulotning tolik narxini tulaydi. Xaridorning xukuklari shu darajada ximoyalanganki, sotib olgandan keyin u xatto ikki xafta ichida maxsulotni sotuvchiga kaytarib, pulini uziga kaytarish xukukiga ega. Lekin, kup xollarda buyurtma kilingan maxsulot sotuvchiga tegishli bulmagan skladda eki boshka dukonlarda buladi. Sotuvchi ular bilan xar doim alokada bulib, kaysi maxsulot bor ekanligini bilib turadi, bir maxsulot turi tugab kolsa, sotuvchi u maxsulotni sotuvdan olib tashlaydi (mabodo, maxsulot skladda eki boshka dukonlarda buyurtma tushganidan keyin aniklansa, sotuvchi xaridorga ushbu maxsulot tugadi deb aytadi va xaridor buyurtmani bekor kiladi). Xaridordan buyurtma tushsa, sotuvchi yukorida aytilgan joylardan uzining puliga shu maxsulotni sotib oladi va xaridorning uyiga oborib beradi, lekin pulni xaridordan olmaydi. Xaridor buyurtmani, sayt egasi bulgan, bank orkali rasmiylashtiradi, shuning uchun bank sotuvchining xisob rakamiga maxsulot narxining mikdorida pul utkazadi. Savol: sotuvchi mana shu yul bilan savdo kilsa buladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mahsulot o‘zingizniki emasligi va siz uni olib kelib berishga vakil ekaningizni bildirib, sayt orqali buyurtma qabul qilasiz. So‘ngra uni mijozga etkazib bergan majlisingizda savdo qilasiz. Mijoz uni bank yoki boshqa biror shaxs yordamida bo‘lib to‘lash (rassrochka) ga olishi masalasiga kelsak, o‘sha pul egasi sizdan mahsulotni sotib olib, uni qabz qilib, so‘ngra mijozga bo‘lib to‘lash sharti bilan ma’lum muddatga sotsa va to‘lov kechiktirilgani uchun penya (jarima) solish sharti qo‘yilmasa joiz. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 02:46 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat