Farzandimiz ismini o‘zgartiraylikmi

Assalomu alaykum! Alxamdulillax sizlarni bizga to‘g‘ri yulda yurishimiz uchun bergan Allohimga xamdlar bulsin. Ustoz 11yil avval uglimga xomiladorligimda "Allohim agar farzandim ugil bulsa ismini paygambarimiz SAVning erdagi ismlari dek Muxammad va osmon degi ismlari dek Axmad kuyaman, yani MuxammadAxmad kuyaman" deganman. Allohga raxmatlar bulsin, Alloh manga ugil farzand berdi. Ammo usha yillari yangi kelin bulganligim sababli bu xakida kaynonam va xujenimga aytolmaganman. Sung ismini ular Fayzulloxon dib kuyishgan. Ustoz vaktlar utib uglim kup kasallarga chalinorib xozirda xranititskiy gepatit bulib kolgan. Ustoz bolajonimga sikilib nomozlarimda xakkiga duo kilaman. Bir kuni nomozimda farzandim dardiga shifo surab sajdada duo kilib yiglab tursam. Birdan shu gapirgan kasamim esimga tushib ichimda bir narsa nimaga ismini MuxammadAxmad kuymading dedi. Ustoz usha kundan buen kalbim ezilyabdi, nima kilishga xayronman. Maslaxat bering ismini uzgartiraymi. Sizi maslaxatiz Allohni manga buyurgan suzi buladi. Alloh sizlarni jannat bilan siylasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nazr qilgan bo‘lsangiz Muhammad deb chaqirishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 05:52 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar