Pichoq sotish

Assalomu alaykum! Dog‘iston davlatida yasaluvchi, xar-xil turdagi "Suvinir", Ov uchun" xamda "Oshxona" pichoqlarini import qilib, O‘zbekistonda sotmoqchi edim. Ammo o‘ylab qoldim, oxirgi paytda xar-xil janjal va arzimagan kelishmovchiliklarda xam odamlar bir-birlariga pichoq ko‘tarib xatto qotillikga xam qo‘l urishmoqda. Deylik men sotgan pichoq bilan kimdir birovga zarar etkazsa men xam gunoxkor bo‘lib qolmaymanmi? Xozirgi kunda "Suvinir" sovg‘a uchun mo‘ljallangan bejirim pichoqlar keng turda yasalib, ularga xaridor ko‘p. Lekin ular xam o‘tkir tig‘li, juda o‘tkir bo‘ladi. Ularni sotish nojoiz emasmi? Chet elda shaxsiy xavfsizlik uchun, xatto o‘smir yoshdagilar uchun xam pichoqlar sotiladi. Unday pichoqlarni sotish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Islomda, “Dinda yaxshilikda hamkor bo‘linglar, yomonlik va gunohda hamkor bo‘lmanglar” degan qoida aytilgan. Har bir inson o‘z ishini shunga solib ko‘rishi kerak. Ishlab chiqariladigan narsalar uch turga bo‘linadi. Faqat gunoh uchun ishlab chiqariladiganlar, faqat yaxshilik uchun ishlab chiqariladiganlar va umumiy maqsadda ishlab chiqariladiganlar. Ammo kimdir ularni yaxshi maqsadda va kimdir uni yomon maqsadda ishlatadi. Masalan oddiy pichoq. Kimdir undan oshxonalarda yaxshi ishlarga foydalanadi. Kimdir u bilan jinoyat sodir qiladi. Hozirgi kundagi telefon, radio, internet kabilar ham xuddi shunday. Sizni narsangizni ham kimlardir yaxshi maqsadda va kimlardir yomon maqsadda ham foydalanadigan bo‘lib, yuqoridagiga tushsa qilish joiz. Yomon maqsadda foydalanishini ochiq-oydin aytsa unga bu narsani qilib berishingiz joiz emas. Bu xuddi bilib turib qotilga pichoq yasab bergandek bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 02:23 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar